ABDULLOH IBN MUBORAK
28.3.2016 6748

( 118 – 181 hijriy, 726 – 797 milodiy.)



    Imom Abu Hanifaning mashhur shogirdlaridan biriAbdulloh ibn Muborak ibn Vozih al-Marvaziydir. Otasi turk, onasi esa xorazmlik bo‘lgan. Otasi Hanzaliyning bayroqdorlaridan biri edi. Bayroqdorlik vazifasi u bilan nihoyasiga yetdi. Ibn Mar’iy “Futuhotul-Vahbiyya” nomli asarida aytadi: “Ibn Muborakning otasi Hamodonlik bir kishining quli edi. Qullik paytida uning taqvosi va amallarining chiroyliligini ko‘rgan xojasi uni o‘zlariga kuyov qilib olgan. U farzand ko‘rib, nomini Abdulloh qo‘yganlar”. Ibn Muborak marvlik Abdurahmonning otasidir. Hijriy 118 yil Xorazmda tug‘ilgan. Haj, tijorat va ilm olish bilan uzluksiz shug‘ullangan. U o‘z zamonasida shayxul-islom, hadis ilmida hofiz, tijoratda ularning sayyidi va undan tashqari shijoat va saxiylikni o‘zida jamlagan kishilardan biri edi. Abdulloh ibn Muborak turli ilmlarda va hadisda imom va muhaddislarning eng ulug‘laridan edi. U hadis va fiqh ilmlarini Abu Hanifadan olgan. Abdulloh Abu Hanifaning so‘zi bilan fatvo berar va uning so‘zini fiqhda hujjat qilib yurardi. U Abu Hanifaning mashhur shogirdlaridan biridir. Uning rivoyatlari mazhabimiz kitoblarida juda ko‘p keltirilgan.
   Imom Ahmad ibn Hanbal u haqida “Uning zamonida undan o‘tadigan ilm talabgori yo‘q edi”, degan. U kishi hadis, fiqh, arab adabiyotida mashhur bo‘lgan.
  Abu Usoma aytadi: “U hadis rivoyat qilish borasida mo‘minlarning amiridir. Ibn Muborakning zehni nihoyatda o‘tkir edi. U bir eshitiboq yodlab olardi”.
   Ibn Muborak do‘stlaridan biri “Tarixi Bag‘dod” nomli asarning 152-betida aytadi: “Bizmaktabda yosh bola edik. Men va do‘stim Ibn Muborak masjidga kirdik. Imom uzun bir xutbani juda chiroyli ohangda o‘qib tugatdi. Ibn Muborak menga: “Men u aytgan xutbani yodlab oldim”, dedi. Bizning gapimizni tinglab turgan qavmdan bir kishi bu gapni eshitib qoldi. “Gaping rost bo‘lsa, yodlaganlaringni qaytarchi”, dedi. Ibn Muborak ularga eshitganiday qilib yoddan aytib berdi.
   Tahoviy aytadi: “Abu Culaymon Abdullohdan eshitganini aytib beradi. Abdulloh Abu Hanifadan: “Kishi zakot molini bir shahardan ikkinchi shaharga yuborsa bo‘ladimi?” deb so‘radi. Abu Hanifa: “U yuboriladigan joy qarindosh urug‘lari uchun bo‘lsa, bir shahardan ikkinchi shaharga yuborishning zarari yo‘q”, dedilar. Men bu javobni Muhammad ibn Hasanga aytganimda. “Bu eng to‘g‘ri javob, bu Abu Hanifaning so‘zidir”, dedi.
    Sharh: Agar zakotni bir shahardan boshqa bir shaharga olib borsa, makruhdir. Ammo u shaharda xesh va aqrobasi bo‘lsa, yoki u shaharning odamlari muhtojroq bo‘lsa, durust bo‘ladi.
    Abu Vahb aytadi: “Abdulloh ibn Muborak yonidan bir ko‘zi ojiz kishi o‘tib: “Mening haqimga duo qilishingizni so‘rayman”, dedi. Abdulloh uning haqqiga duo qilgandilar. Alloh unga ko‘zini qaytarib berdi. Men esa bu voqeaga guvoh bo‘lib turgandim.
    Abbos ibn Mus’ab “Tarix” nomli asarida Ibrohim ibn Ishoqdan, Ibrohim ibn Ishoq esa Ibn Muborakdan rivoyat qiladi: “Men to‘rt mingta shayxdan ilm oldim. Ulardan mingtasidan rivoyat qildim”. Shu rivoyat so‘ngidan Abbos ibn Mus’ab aytadi: “Menga Ibn Muborakning shayxlaridan sakkiyuztasi yo‘liqdi.
     Abdulloh ibn Muborakning “Raqoiq”, “Kitobu az- Zuhd” va boshqa asarlari bor. Hijriy 181 yil ramazon oyida Firot degan joyda Rum g‘azotiga yurish paytida vafot etgan.



Toshkent islom instituti kabinet mudiri Urol Nazar Mustanov tayyorladi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 93084
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 41148
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 29865
  • Qaynona va kelin munosabatlari

    Boshqa millat vakillarining kopchiligi biz ozbeklarning oilaviy hayotimizga, yani, qarindosh uruglarning bir-birlariga…

    6.82015 29198
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

15573
  • 10030
  • 6610
  • 8832