Abort balosining kasri
30.11.2016 10403

    Alloh Taolo o‘zining muborak kalomi Qur’oni karimning Baqara surasi, 152-oyatida “Menga shukr qilinglar, kufr keltirmanglar!”, deb marhamat qiladi. Farzandlar ham insonga berilgan ne’matligini hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz zarur. Alloh Taolo o‘zining so‘nggi payg‘ambarini yuborgandan so‘ng, u zot sollallohu alayhi vasallam mo‘minlardan bay’at olayotganlarida “Farzandlarni ovqatga sherik bo‘lmasin deya, nobud qilmaslik”ka ham va’da qabul qilganlar, ahdu paymon olganlar.
    Hozirgi kunda bo‘lsa, farzandlarni turli yo‘llar bilan o‘ldirish keng avj olmoqda. Tarix sahifalariga nazar solar ekanmiz, qanday qilib johiliyat davrida odamlar o‘z farzandlarini tiriklayin ko‘mib yuborishgan ekan, deya taajjubga tushamiz. Ammo oldimizda bo‘lib turgan voqea-hodisalarni esa bepisand kuzataveramiz. Ko‘plab oilalarda tug‘ilajak farzandlarini abort qildirib tashlash kunimizda juda ham keng avj olgan. Aslida bu ham farzandni ovqatga sherik bo‘lishidan qo‘rqib, o‘ldirish demakdir. Negaki, abortga qaror qiluvchilarning ko‘plari oldirib tashlanajak bolaning ayni damda o‘zlari uchun ortiqcha ekanligi, rejalariga to‘g‘ri kelmasligi va boshqa iqtisodiy sabablarni vajh qiladilar. Makka mushriklari-ku, bolalarini 7 yoki 8 yil yashatib, so‘ngra o‘ldirib yuborishgan. Hozirgi johillar esa tug‘ilmasidanoq u dunyoga ravona qilib qo‘ya qolishmoqda. Holbuki, bu ishning shar’an harom va gunohi kabira ekanligi haqida ahli ilmlarimiz tomonidan tinmay gapirib kelinmoqda.
     Gap-gap bilan-ku, kezi kelganda shu mavzuga doir bir voqeani keltirib o‘tsak. Bu hozirgi kunda ro‘y bergan ayanchli hodisadir...   

    Toshkent shahridagi oilalardan biri. Ikki yosh farzandning ota-onasi bo‘lmish qahramonlarimiz, uchinchi farzandni ham kutishmoqda. Kunlarning birida ona doktorga borib qorindagi farzandining jinsini aniqladi. Bilsa, qiz ekan. Uyga kelganda to‘polon boshlandi. “Menga kerak emas qiz bola. Ikkitasi ham yetadi o‘zi. Uchta qizni uzatishni o‘zi bo‘larkanmi? O‘g‘il kerak menga. Agar tug‘adigan bo‘lsang o‘g‘il tug‘ yoki bolangni oldirasan!”. Ayol ham 2 qizdan so‘ng o‘g‘il ko‘rishni qattiq istab yurgandi. Shu bois, turmush o‘rtog‘ining so‘ziga e’tiroz bildirmadi. Bolani abort qildirmoqchi bo‘ldi. 

    Shunday qilib, kunlarning birida farzandini oldirib tashlash uchun tug‘ruqxonaga yo‘l oldi. Uyda 2 farzandi yolg‘iz qolishdi. Ikkisi ham aqlini taniy oladigan yoshda emasdilar. Ayolni maxsus yotoqqa yotqazib, abort amaliyotini boshlashdi. Alloh taolo ne’mat o‘laroq bergan farzandni ayol o‘zi xohlamaganday bo‘lgani uchun joniga qasd qilishga rozilik bildirdi. Bechora, hali dunyoni ko‘rmagan murg‘ak go‘dakda nima ayb axir. Axir Alloh shunday bo‘lishini istadi-ku. Ayolning ichidan bolani bo‘lak-bo‘lak qilib kesib olishdi. Shu ko‘yi ayol Allohning ne’matiga noshukrlik qilib, Uning g‘azabini keltirdi. Ayni shu lahzalarda uydagi kichik farzandi kir yuvish mashinasi ichiga kirib olgan, opasi esa, u bilan o‘ynardi. Kichik qiz o‘yin asnosida kir yuvish mashinasiga qulflanib qoldi, opasi uni qutqaraman deb bilmasdan mashinani ishlatib yubordi. Mashinaga suv quyilib qizaloqni aylantira ketdi. Bundan xavotirga tushgan opa esa, nima qilarini bilmay ko‘chaga yo‘l oldi. Qo‘shnilarini chaqirish uchun yo‘lning narigi betiga yugurib o‘tmoqchi bo‘ldi. Yo‘ldan bir mashina katta tezlikda o‘tayotgan ekan…
Ayol hech narsa bilmaganday, go‘yo hamma ishni qoyillatib qo‘yganday uyga qaytdi. Qarasa, ko‘chasida odamlar, mahallaning hammasi uning eshigi oldida turishardi. Ayolning yuragi shig‘ etib ketdi. Peshonasini muzdek ter qopladi. Jonholatda qo‘shnilardan nima bo‘lganini so‘radi. Ular kichik farzandi kir mashinasi ichida parcha-parcha bo‘lib ketganini, katta farzandi esa, avtomobil tagida halok bo‘lganini aytishdi.
    Doktorlarning aytishicha, ayol farzandini oldirib tashlagandan so‘ng qayta farzand ko‘ra olmaydigan bo‘lib qolgan. Bu holatga nisbatan xulosani har kim o‘zi chiqaradi. Biz faqatgina shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, berilgan ne’matga noshukr munosabatda bo‘lib, kuforoni ne’mat qilinsa, shunday ayanchli oqibatlarga tushib qolish hech gap emas. Qiyomat kunidagi azob qanday bo‘lishini tasavvur qilib olavering. Alloh bergan har bir ne’matiga shukr keltiradigan bandalaridan bo‘lishini nasib qilsin!

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216884
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24588
  • 19054
  • 12826
  • 15794