Abu Hanifa haqida nimalar bilamiz?
5.11.2015 8254

    Imomi A’zam o‘rta bo‘y, kelishgan, katta boshli, keng peshonali, bug‘doyrang, doimo ochiq chehrali, bir tutam soqolli, muloyim boqishli, nurli zot edilar. O‘zlari yuksak zakovat, ilm sohibi bo‘lishlari bilan birga g‘oyat kamtarin, sofdil edilar. Go‘zal axloqlari har kimni maftun etardi, so‘zlari juda jozibador edi. Odamlarga mehr-muhabbat, matonat baxsh etuvchi ohangdor so‘zli edilar. Kamgap zot edilar, uzoq o‘y surar, sukutlarida buyuk bir viqor, kalomlarida buyuk hikmat bor edi. Har kimga yumshoq muomalada bo‘lib, doimo toza libos kiyar, xushbo‘yliklar surardilar. Boshga katta oq salla o‘rab, yenglari keng, uzun to‘n kiyardilar. Xalqning saviyasiga qarab muomala etuvchi bir inson bo‘lganlar. Ezmalikni xush ko‘rmas, doimo hammani, hatto dushmanlarini ham xayrli duo qilardilar. Qur’onga oshufta edilar, kechayu kunduz mutolaada edilar. Tunlar bedor mehrobda o‘tirib, namoz o‘qir, silkinib-silkinib yig‘lardilar.
    Imomi A’zam kechalari va kunduzlari qaylula vaqtida biroz mizg‘ib olardilar, boshqa vaqtlarini toat-ibodat va darsga bag‘ishlardilar. U zot yetti yoshda hofizi Qur’on bo‘ldilar, yetmish yoshlariga qadar Qur’on o‘qishdan to‘ymadilar. Poklikni juda sevar, har bir ishni toza holatda boshlab, uni sof tugallashni qadrlardilar. Doimo soch-soqollariga xushbo‘ylar surar va separdilar. Eng yaxshi libos kiyib, masjidga borardilar.
   Imom A’zam ilmni g‘oyat sevar, o‘ziga xos tilda dars boshlaganlarida atroflarida ulkan halqa paydo bo‘lardi. U zot so‘z boshlaganlarida, har kim sukut qilar va kamoli odob bilan tinglardi. Shuhratlari shu qadar yoyilgandiki, huzurlariga sharqu g‘arbdan har xil odamlar oqib kelishardi. Imom A’zam barcha musulmonlarni va ularga xayrixoh bo‘lganlarni hurmat qilardilar. Shogirdi Abu Yusuf ustozining teran ilmiga maftun va havasmand edilar. Bir kuni u zotga: “Ustoz, bu go‘zal axloq va ulkan ilmga qanday erishdingiz?” deb so‘raganlarida, Imom A’zam tabassum bilan: “Farzandim, kichikni kichik, kattani katta demadim, yaxshi-yomon har kimni tingladim, sabr etdim, yaxshiliklardan o‘zimga ibrat oldim, ilmim ortgani sayin Alloh taologa shukr qildim, Alloh mening ilmimni ziyoda qildi”, dedilar.
    Imom A’zam vafodor, jo‘mard va sodiq zot edilar. Bu axloqlaridan voqif bo‘lganlar undan ayrilolmas, tobora u zotga yaqin bo‘lishga harakat qilardilar. U zot qo‘llariga tushgan pulni, ayniqsa, ilm yo‘lidagi toliblarga ulashar, ularga xizmat qilardilar. Ilmga oshiq zot edilar. U zot doimo odamlarni ilmga tashviq etardilar. Bir kun u zotdan: “Ey ustoz, bu qadar qimmat liboslar kiyib, tantanali vaziyatda ko‘chada yurishingizning hikmati nima?” deb so‘rashdi.
    U zot marhamat etib: “Meni ko‘rganlar ilmga mayl etsinlar deya shunday ziynatlandim, yo‘qsa, bular menga bir yuk”, deb javob berdilar. Bu yo‘l bilan ham ulug‘ Imom insonlarni ilmga chorlashni o‘ylaganlar. O‘zlariga bir libos tiktiradigan bo‘lsalar, xuddi shundayini faqir ilm sohiblariga ham tiktirardilar.
    Abu Hanifa hassos qalbli edilar. Ziyoratiga kelganlarni ochiq yuz bilan qarshilar, hol-ahvollarini so‘rar, istak va ehtiyojlariga javob berishni, qanoatlantirishni istardilar. Buyuk imom hadya qilganga darhol hadya bilan javob qilardilar. do‘stlariga ham sovg‘a-salom ulashardilar. Hatto o‘zlarining ulushlarini faqir o‘quvchilarga berib, ularga sevinch baxsh etardilar.

 

 

Yo‘ldosh Eshbek

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216419
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24554
  • 19013
  • 12795
  • 15758