AHLI SUNNA VAL JAMOA
5.1.2018 9605

Ma’lumki, Muso va Iso alayhimussalom qavmi 72 firqaga bo‘linib ketgan. Islom ummati esa 73 firqaga bo‘lingan. Haqiqat bittadir. Shunday ekan, mana shu 73 firqadan faqat bittasi haq yo‘lda sanaladi. Islom ummati ichida haqni topgan, haqqa ergashgan jamoa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam, u zotning sahobalari amal qilgan yo‘ldan boradigan musulmonlardir. Qolgan yetmish ikki firqa haqni topmagan. Islom dinining qat’iy hukmlarini inkor qilmagani uchun ular ham Islom doirasida hisoblanadi. Islom ummati ichida haqqa ergashgan firqa “Ahli sunna val jamoa” deyiladi.

Irboz ibn Soriya roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni bomdod namozidan keyin bizlarga mukammal nasihat qildilar. Uni eshitib, ko‘zlarga yosh keldi, qalblar qo‘rquvga tushdi. Shunda bir kishi: “Bu xayrlashuvchi odamning nasihati-ku. Bizga nimani vasiyat qilasiz, ey Rasululloh”, dedi. U zot: “Allohga taqvo qilishni, garchi (boshlig‘ingiz) habashiy qul bo‘lsa ham, unga to‘liq itoat etishni vasiyat etaman. Sizlardan hayot bo‘lgan odam hali ko‘p ixtiloflarni ko‘radi. Shunday ekan, yangi paydo bo‘lgan ishlardan saqlaninglar. Zero, u zalolatdir. Sizlardan kim o‘sha vaqtga yetsa, mening sunnatimga, to‘g‘ri yo‘ldagi xulafoi roshidin sunnatiga ergashsin. Uni oziq tishlaringiz bilan mahkam tishlab olinglar!” dedilar1”.

Muoviya ibn Abu Sufyondan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Ogoh bo‘linglar! Sizlardan avvalgi Ahli kitoblar 72 millatga bo‘linib ketgan. Albatta, mana bu millat 73 (firqaga) bo‘linib ketadi. Yetmish ikkitasi do‘zaxda, bittasi jannatdadir. U jamoatdir2”.

Yana bir rivoyatga ko‘ra, “O‘sha bitta firqa qaysi?” deb so‘ralganida, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Men va sahobalarim yo‘lini (tutganlar)”, deb javob berganlar3.

Shuning uchun biz sunnatga – Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va xulafoi roshidin yo‘llariga, musulmonlar jamoasiga4 ergashamiz, xilof narsalardan, tafriqadan chetda bo‘lamiz, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, sahobalar, tobeinlar yo‘lidan yurgan musulmonlar jamoasidan ajralmaymiz.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Ahli sunna val jamoa firqasi amalda to‘rt mazhabga bo‘lingan. Bular:

1. Hanafiy mazhabi.

2. Molikiy mazhabi.

3. Shofeiy mazhabi.

4. Hanbaliy mazhabi.

1 Abu Dovud, Termiziy, Ahmad, Hokim rivoyati. Rivoyat sanadi sahih.

2 Abu Dovud hasan sanad bilan rivoyat qilgan.

3 Termiziy – Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan – hasan sanad bilan rivoyat qilgan.

4 “Musulmonlar jamoasi”dan murod sahobalar, ularga yaxshilik bilan ergashganlardir.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 183144
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

23183
  • 17484
  • 11881
  • 14674