Allohning go‘zal ismlarini o‘rganamiz-2
15.2.2017 8306

Al-Vojid – Istagan narsasini, istagan vaqtida topuvchi. Bu ishda Unga hech narsa to‘sqinlik qilolmaydi. Uning qudrati yetmagan biror narsa yo‘q. Hamma narsa Unga tegishli. Xohlagan narsasini xohlagan paytda bajaradi, hech bir narsa Undan yashirinolmaydi.

Al-Mojid – Qadri ulug‘, shoni yuksak, ehson va himmati mo‘l Zot. Eng buyuk sharaf va izzat Unga xosdir. Bandalariga ko‘rsatadigan in’omu ehsonini so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Mo‘minlarni imon va solih amallarga muvaffaq aylaydi, keyin qilgan yaxshi ishlarini zikr qilib, madh etadi. Ularni dunyo saodatiga va oxirat salomatiga erishtiradi.

Al-Vohid – Yakka. Bitta. Bo‘linmas. U zotida, sifatlarida, ismlarida va hukmlarida aslo tengi va o‘xshashi topilmaydigan, yagona Allohdir. Rabbimiz hamma jihatdan tanho, hech bir borliqqa o‘xshamaydi, biror borliq ham Unga teng kelmaydi. Borligining boshlanishi bo‘lmaganidek, nihoyasi ham yo‘q. Yakkaligining dalillari yaratiqlarida yaqqol ko‘rinadi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216418
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19012
  • 12795
  • 15758