An’om surasida borliqqa oid haqiqatlar
1.3.2017 7111

     Qur’oni Karimda kavniy (borliqqa, olamga oid) haqiqatlar ketma-ket keladi. Bir kavniy mo‘’jiza ortidan boshqasi zikr qilinadi. Mazkur mo‘’jizalar bizga borliq, mavjudotlarning yaratilishidagi e’jozni, Xoliq ta’oloning osmonlar va yerning sir-asrorlari haqidagi bergan xabarlarining aniqligini ko‘rsatadi.
       Alloh subhanahu va ta’olo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qiladi:


قُلْ سِيرُوا فِي الْأَرْضِ ثُمَّ انْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُكَذِّبِينَ

 


      “Ayting: “Yerni sayr qilib (aylanib) chiqingiz. So‘ngra (payg‘ambarni) yolg‘onchiga chiqarganlarning (oxir)oqibati ne bo‘lganini ko‘ringiz!” (An’om surasi, 11-oyat)

 

       Ushbu oyat nozil bo‘lganda, biz uning ma’nosini “Yerning turli joylarida sayr qilish” tarzida tushunganmiz. “Yerning ustida, sathida sayr qilish” deb tushunmaganmiz.
Alloh taolo yuqoridagi oyatda سِيرُوا فِي الْأَرْضِ degan. Ma’lumki, arab tilida فِي harfi “ichida” ma’nosini bildiradi. Demak, yuqoridagi oyatda “Yerning ichida sayr qilinglar” deyilmoqda. Ba’zilar “Biz Yerning ustida yuramiz” deb o‘ylashadi.
      Nega oyatda سِيرُوا علي الْأَرْضِ  ya’ni, “Yerning ustida sayr qilinglar” deyilmadi? Zero,  علي harfi “ustida”, “tepasida” kabi ma’nolarni bildiradi. Keyin ilmiy haqiqat ma’lum bo‘ldiki, chindan ham biz Yerning ichida sayr qilar ekanmiz, ustida emas. Chunki, Yerning atrofi havo qobig‘i (atmosfera) bilan o‘ralgan. U esa, Yerning bir bo‘lagidir. Barchamizga ma’lumki, havo qobig‘i Yerda yashash uchun eng zarur omillardan biridir (ya’ni havo qobig‘i Yerni Quyoshdan keladigan turli zararli nurlardan, kuchli radiatsiyalardan, asteroid, meteorit kabi kosmik jismlardan Allohning izni bilan saqlab turadi. Bundan tashqari atmosferaning 78 foizi azotdan, 21 foizi kisloroddan tashkil topgan bo‘lib, inson va boshqa jonzotlarning nafas olishi uchun xizmat qiladi – tarjimon).
      Biz, to o‘sha havo qobig‘idan ham tashqariga chiqmagunimizcha Yerdan tashqariga chiqmagan hisoblanamiz. Turli balandliklarda parvoz qiladigan samolyotlar ham Yerning ichida uchadi, tashqarisida emas. Lekin Yerning tashqarisiga chiqadigan narsalar mazkur atmosferadan tashqariga chiqadigan kosmik kemalardir.
      Siz mazkur havo qobig‘idan oshib o‘tib, Yerning tashqarisiga chiqmaguningizcha Yerning umumiy suratini ko‘rolmaysiz. Misol uchun, bir binoning shaklini bilmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha binodan tashqariga chiqishingiz kerak. Agar siz o‘sha binoning ichida bo‘lsangiz (binoning qaysi burchagida bo‘lishingizdan qat’i nazar), binoning umumiy shaklini ko‘rolmaysiz. Shunday qilib siz Yerning ustida, tashqarisida bo‘lishingiz uchun o‘sha havo qobig‘idan oshib o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Chunki, Yer shari va uni o‘rab turgan atmosfera bir-biriga yopishgan narsadir.
      Biz chindan ham Yerning sathida, lekin Yerning ichida yuramiz. Ya’ni Yer sathi bilan havo qobig‘ining orasida yuramiz. Ostimizda Yer sathi, tepamizda esa, Yerning bir qismi bo‘lgan havo qobig‘idir. Shunday qilib, yuqoridagi oyatda Qur’oni Karimning insonning Yer yuzida harakat qilishini vasf qilishdagi ta’birining aniqligini ko‘ramiz.


Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy rahimahullohning “Allohning borligiga moddiy dalillar” nomli kitobidan tarjima qilindi


Muhibbulloh Xudoyberdiyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi vakili, To‘raqo‘rg‘on tumani “Qo‘chqor ota” jome’ masjidi imom xatibi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216304
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24550
  • 19003
  • 12793
  • 15756