Bani Isroilning Muso alayhissalomga ozor berishi
30.12.2015 6323

    Bani Isroil qavmi payg‘ambar Muso alayhissalomga ozor berdi, unga isyon qildi, odobsizlarcha muomalada bo‘ldi. Qur’onda bu haqida shunday deyilgan: “Ey mo‘minlar, sizlar (o‘z payg‘ambaringiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga nisbatan Bani Isroil qavmidan bo‘lgan) Musoga ozor bergan kimsalar kabi bo‘lmanglar! Bas, Alloh (Musoni) ular aytgan aybdan pokladi. U Alloh nazdida obro‘li kishi edi” (Ahzob surasi, 69-oyat).
    Oyatdagi “ozor berganlar”dan murod, Muso alayhissalom qarindoshlaridir. Buxoriy va Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan, u kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Muso alayhissalom o‘ta hayoli, badanini berkitib yuruvchi kishi edi. Uning terisidan biron qismi ko‘rinmasdi. Bani Isroil unga ozor berib, “bu odamning terisida biron kamchilik, pes yoki biron balosi bo‘lsa kerak. Shuning uchun tanasini berkitib yuradi”, deyishdi. Alloh Musoni ular aytgan aybdan poklashni iroda qildi. Kunlarning birida Muso bir o‘zi qolib, kiyimlarini tosh ustiga qo‘ydi va cho‘mila boshladi. Cho‘milib bo‘lib, kiyimini olay, desa, tosh ustidagi kiyimlari birdan g‘oyib bo‘ldi. Muso asoyini olib, toshdan talab qila boshladi. Shu orada Bani Isroil qavmidan bir guruh odamlar uning oldidan chiqib qolishdi va uning tanasi Alloh yaratgan eng go‘zal xilqat ekanini ko‘rishdi. Shu bilan Alloh uni qavmi aytayotgan nuqsonlardan pokladi”.
     Qur’onning boshqa o‘rnida keltirilishicha, Muso alayhissalom Bani Isroilning ko‘p ozor berishidan ajablanadi. Vaholanki, u qavmning payg‘ambari, yo‘lboshchisi edi. Alloh taolo aytadi: “Eslang, Muso o‘z qavmiga: “Ey qavmim, nega sizlar men Allohning sizlarga (yuborgan) payg‘ambari ekanimni bilgan hollaringizda menga ozor berasizlar?! degandi. Qachonki, ular og‘ishgach, Alloh ularning dillarini og‘dirib qo‘ydi. Alloh fosiq – itoatsiz qavmni hidoyat qilmas” (Saf surasi, 5-oyat). Ya’ni, ey qavm-qarindoshlarim, men Allohning payg‘ambari ekanimni bilsangiz ham nega menga ozor berasiz?! Vaholanki, sizlarni shirk zulmatidan imon nuriga chaqiraman, Fir’avn zulmidan qutqaraman! – dedi. Ular zalolatda davom etishgach, Alloh ularning qalblarini to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirib, botil sari yo‘llab qo‘ydi. Zero, Allohning taqdiri shuni taqozo etadi: U Zot haq yo‘lni xushlamaydi, kufr va noshukrlikda oyoq tirab olganlarni hidoyat yo‘liga boshlamaydi.

 

Muhammad Sayyid Tantoviyning “Payg‘ambarlar tarixi” kitobidan

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216386
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19010
  • 12794
  • 15758