\Filippinlik muslimaning sadoqati
7.1.2017 12180

    Bir kishning o‘limi yaqinlashdi. O‘g‘illarini chaqirib, ularga vasiyat qildi. Katta o‘g‘lini chaqirib: "O‘g‘lim men bir vaqtlar hech kimga aytmasdan xorijlik ayolga uylanganman. Mana bu uning manzili. U Filippindagi musulmonlar istiqomat qiladigan mahallada yashaydi. Zimmamdagi mas’uliyatni ado qilish uchun o‘sha ayolimning oldiga bor", dedi va ko‘p o‘tmay olamdan ko‘z yumdi. Otasining vafotidan so‘ng meros taqsimlash mahkamasida otaning bolalari yig‘ildi. Qozi merosni taqsimlayotgan paytda otasi aytgan vasiyat katta farzandning yodiga tushdi va qoziga merosga haqli bo‘lgan yana bir ayol borligini va u xorijda yashashini aytdi. Qozi o‘sha ayol kelmaguncha meros taqsimlanmasligini bildirdi.
   Katta farzand Filippinga uchib bordi va otasi bergan manzil bo‘yicha haligi ayolni qidirdi. Ming mashaqqat va qiyinchilikdan so‘ng uning manzilini topdi va eshikni taqillatdi. O‘rangan ayol eshikni ochib, "Xush kelibsiz. Men sizni tanidim. Men sizning otangizning xotiniman. Otangiz o‘lgani haqidagi xabar menga yetib keldi. Allohning irodasi ekan", dedi. Yigit "Men sizni o‘zim bilan olib ketgani keldim. Otamning meroslarin taqsimlayotgan edik. Mahkama qozisi siz kelmaguncha merosni taqsimlamasligini aytdi. Shunga sizni o‘zim bilan Riyozga olib ketaman", dedi va ayolni Riyoz shahriga olib keldi. Ayolga merosdan 800 ming reol (267 ming dollar) ulush tegdi. Ayol katta farzanddan Umrani ado qilishi uchun Makkaga olib borishini iltimos qildi. So‘ng birgalikda borib umra qildi va Jidda aeroportidan Filipinga uchib ketdi.
     Oradan to‘rt yil o‘tib katta farzand otasining xotinini ya’ni o‘gay onasini sog‘inib ziyorati uchun Filipinga keldi. Manzilga yetib kelganda, qarasa yana o‘sha eski ko‘rimsiz kamtarona qurilgan uy. Uyga kirgach o‘gay onasidan nima uchun qo‘lida shuncha mablag‘ bo‘la turib, farovon yashash o‘rniga oddiy va sodda hayot kechirayotganini so‘radi. Ayol katta farzandni Madina markaziga olib bordi va u yerdagi Katta islomiy markazni ko‘rsatdi. Markazda minglab yosh talabalar Qur’on yodlash, arab tili to‘garaklariga qatnayotganini va markaz oldida "Yetimlarni otaliqqa olish" tashkilotini ko‘rib hayratlandi. Markazning ustidagi yozuvni ko‘rib hayrati yanada oshdi. Chunki Markaz rahmatli otasining nomi bilan nomlangan edi. Ayol katta farzandga: "Merosdan menga yetgan pulning barchasini mana shu markazga sarflab, bu markazni otangizni nomiga sadaqayi joriya qilib qo‘ydim", dedi. Katta farzand bu ayolning eriga bo‘lgan sadoqatini ko‘rib yig‘ladi va o‘z yurtiga qaytgach ukalarini yig‘ib otasidan qolgan 5 million reol(1 million 667 ming dollar)ni barchasini yig‘ib, yetim-yesir, beva-bechora va tolibi ilmlarga g‘amxo‘rlik qiladigan bir nechta xayriya jamg‘armalarini tashkil qildi va ularni otasining nomiga sadaqayi joriya qilib qo‘ydi.
     Filippinlik muslima ayol o‘zining go‘zal xulqi va taqvosi bilan marhum erining bolalariga oxiratni dunyodan ustun qo‘yishni o‘rgantgan edi.

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li tarjimasi

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216917
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24589
  • 19054
  • 12827
  • 15797