Kelinga “SOLIQ” solmang!
21.9.2015 8952

     Ne-ne orzular ila kutganingiz – xonadonning yangi bekasi erta-indin ostona hatlab kirib keladi. U nafaqat o‘g‘lingizga jufti halol, balki bo‘lajak nevaralaringiz, naslingiz davomchilarining onasi, birinchi va asosiy tarbiyachisi bo‘ladi. Qadami qutlug‘ kelsin, o‘zi imonli - insofli, ma’rifatli bo‘lsin, ilohim... xayolingizdan mana shunday o‘ylar o‘tyaptimi yoki to‘yning dabdabasiyu, keladigan mebellarning shaklu shamoyili muhimroqmi siz uchun?
   Keyingi yillarda matbuotda tinimsiz bong urilgani, mahalla va jamoatchilik aralashuvi o‘z samarasini ko‘rsatdi: to‘y tadbir-marosimlari biroz ixchamlashgandek, 40–50 talab tog‘ora oldi-berdisiga chek qo‘yilgandek bo‘ldi.
    Ammo, taassufki, ularning o‘rnini isrofga olib keluvchi boshqa “orzu-havaslar” egalladi. Endi qiz tomonga “soliq solish” odat tusiga kirmoqda. Yozilmagan qonunlarga ko‘ra, yurtimizning ayrim hududlarida (Toshkent va vodiy tomonlarda) yangi ro‘zg‘orga kerakli barcha ashyolar, mebellar to‘plami, uyni jihozlash to‘liq qizning ota-onasi zimmasiga tushadi. Bunga qo‘shimcha yangidan-yangi talablar urfga kiryapti: hayit ayyomiga – avtomat kir yuvish mashinasi, kuyovto‘raning tug‘ilgan kuniga – televizor, chaqaloq tug‘ilsa, yana qimmatbaho jihozlar...
    Yaqinda bir voqeaga guvoh bo‘ldik. Uyning to‘y oldi ta’miri nihoyasiga yetgach, kelinning yaqinlari uni jihozlashga kirishgan.
– Gilam devorlar rangiga mos tushmabdi, hajmi ham kichik ekan. Almashtirib, qandillarni ham shularga moslash kerak, – debdi kuyovto‘ra bo‘lajak qarindoshlariga. Buni eshitgan qaynota qattiq ranjigan, kuyovini maydakashlikda ayblagan. Ikki taraf bir-biridan norozi, o‘rtaga sovuqchilik tushgan.
   Bu o‘rinda yigitlik, erkaklik oriyati qayerda qoladi? Bunday narsalarga ortiqcha ahamiyat berish ayollarga xos, ko‘pgina xotin-qizlarning mol-davlatga o‘chligi sir emas. So‘nggi paytlarda erkak­larimiz, ayniqsa, to‘y-hasham masalalari, yosh oilalar muammolarini hal etishda tizginni ko‘proq xotinlar qo‘liga berib qo‘ymoqda. Oila boshlig‘i – erkaklarning fikri, qarori birmuncha qadrsiz. Shu bois ba’zi qaynonalar kelin tomonni “soliq”qa tortishdan uyalmaydilar.
   Aslida oilani baholi qudrat uy-joy, jihozlar bilan ta’minlab, nikohni el-yurtga oshkor qilish faqat kuyov tomonning vazifasidir. Ikki tomonning kelishuvi bilan yoshlarni eng zaruriy jihozlar bilan ta’minlash ham mumkin. Qolganini esa er-xotin peshona terisi bilan, hamjihatlikda topgani ma’qul. Shunda bor-yo‘g‘ining qadriga yetadi, yaxshi-yomon kunlarida yelkadosh bo‘lgan jufti halolini ardoqlaydi.
   Bizda to‘y oldi-berdilari, ularning soni va qiymati ko‘p muhokama qilinadi. Ammo ikki yosh mustahkam oila qurishga, jiddiy munosabatlarga, sog‘lom va barkamol farzandlarni tarbiyalashga tayyormi yoki yo‘qmi, shu haqda qanchalik qayg‘uryapmiz?! Hayotning mazmuni hoyu havas, dabdabadan iborat emas. Mablag‘ni ko‘proq farzandlarning ilm olishi, hunar o‘rganishi, jamiyatga foydasi tegadigan komil inson bo‘lib yetishi yo‘lida sarflasak, ham ularning, ham o‘zimizning ikki dunyomizga foyda keltirgan bo‘lamiz, inshaalloh.
   Dinimizda isrofgarchilik qattiq qoralanadi. Alloh taolo: «Yenglar, iching­lar, isrof qilmanglar» (A’rof, 31); «Qarindoshga, miskin va yo‘lovchiga (xayr-ehson qilish bilan) haqlarini ado eting va isrofgarchilikka mutlaqo yo‘l qo‘ymang!» (Isro, 26), deb ogohlantiradi.
   Ortiqcha dabdaba riyokor­likka, manmanlikka, kim­o‘zarga, o‘zaro hasadga, imkoni yo‘qlarning ko‘ngli o‘ksishiga olib keladi. Isrofgarchilikning barcha ko‘rinish­lariga barham berish har bir mo‘min-musulmonning vazifasi. Faqat ilohiy ko‘rsatmalar, nabaviy ta’limotlar, dinu diyonat, go‘zal axloq asosida qurilgan oilagina mustahkam va baxtli bo‘ladi.

 

Munira ERKIN qizi, 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi


Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216962
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24590
  • 19055
  • 12828
  • 15798