RAMLA (ROZIYaLLOHU ANHO)
28.4.2016 6881

    U – Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ning zavjai mutahharalaridan biri. To‘liq ismlari Ummu Habiba Ramla binti Abu Sufyon Sarx ibn Harb ibn Umayya ibn Abd Shams. Ramla Quraysh qabilasining boshliqlaridan biri Abu Sufyon ibn Harbning qizlaridir.
    Islom dinini qabul qilguniga qadar butparastlikka, keyin umr yo‘ldoshiga ergashib nasroniylikka e’tiqod qilganlar. Islom dinini qabul qilgach, ular qurayshliklardan qochib Efiopiya (Habashiston) ga ketishgan. U yerda Ubaydullo murtad bo‘lib, yana masihiylik diniga o‘tib oldi. Ubaydullo qanchalik Ramlani masihiylik diniga da’vat qilishiga qaramasdan Ramla Islom dinini mahkam ushladi va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi. Shundan so‘ng u Makkaga qaytib bora olmadi, chunki uning otasi Abu Sufyon musulmonlarning ashaddiy dushmani edi.
    Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ushbu xabarni eshitib, bu ayolning e’tiqodiga tasannolar aytdilar va Ramla onamizni nikohlariga olish uchun Efiopiya podshosi Najoshiy huzuriga o‘zlarining vakillarini sovchi qilib yubordilar. Hijriy sananing 7 yili 628 yilgacha ular turmush qurishdi. Bu nikoh sabab Makkadagi butparast Abu Sufyon va Payg‘ambarimiz oralaridagi keskin munosabat nisbatan yumshadi. Xudojo‘y va haqgo‘y Ramla akasi Muaviyning hukmronligi davrida 70 yoshlarida 665 yilda vafot etganlar. Ular 65 tadan ortiq hadis roviysi hisoblanadilar.

 

www.muslim.uz 

 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216913
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24589
  • 19054
  • 12827
  • 15797