SIZGA LOYIQ UMMAT EMASMAN
Tunlar bedor sizni kutmasam,
Sizni deya ko‘z yosh to‘kmsam,
Sunnatingiz tiriltirmasam,
Sizga loyiq ummat emasman!
Qalbimda bir g‘alayon tursa,
Bu g‘alayon ko‘p nolon qilsa,
nafsim menga huhmron bo‘lsa,
Ummatlikka loyiq emasman!
Nogoh kelib tursangiz zimdan,
Ajratolmay xayolni chindan,
Sizni ko‘rib tanimay tursam,
Sizga loyiq ummat emasman!
Xayol qilgin ey nafsim bir on,
Rasullulloh kelsalar shu dam,
Ko‘zlariga boqolmas bo‘lsam,
Unga loyiq ummat emasman!
Men bir ojiz gunohkor banda,
Ma’siyatga ko‘milgan onda,
Shu holimni ko‘rganingizda,
Sizga loyiq ummat emasman!
Ota-onam dilin og‘ritsam,
Gunohlardan tiyilmas bo‘lsam,
Dunyo uchun haq yo‘ldan kechsam,
Sizga loyiq ummat emasman!
Ibodatga shoshilmas bo‘lsam,
Kishi ko‘nglin nohaq ranjitsam,
Nafsim deya vijdondan kechsam,
Sizga loyiq ummat emasman!
Gar taqdirga rozi bo‘lmasam,
Ilm olib amal qilmasam,
Qur’on o‘qib huzur topmasam,
Sizga loyiq voris emasman!
Raxmatulloyeva Shodiya
Xadichai Kubro bilim yurti 4-kurs talabasi