Tahoratning inson organizmiga ta’siri
26.9.2016 13092

     Dinimizda tahorat imondan hisoblanadi va busiz ibodatlar qabul bo‘lmaydi. Shu bilan birga bu sunnat hamda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ning o‘z ummatlariga ko‘rsatmalari hamdir.
    Mo‘’tabar manbalarda kelishicha, Nabiy alayhissalom uyqudan avval ham tahorat olishni ko‘rsatma berganlar. Bugungi kunda mutaxassislar ham buni maslahat berishmoqda, boisi, uyqudan avval qo‘l, oyoq singari asosiy harakatlantiruvchi a’zolarni hamda ko‘z, burun, og‘iz singari sezgi a’zolarini yuvish tanaga rohat hissini bag‘ishlaydi, uyquning qattiq bo‘lishini ta’minlaydi.
    Tadqiqotlarga ko‘ra, tahorat organizmda bioritmlarning harakatlanuvini jadallashtiradi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, inson tanasida ma’lum bir ichki a’zolar bilan bog‘liq bo‘lgan biofaol nuqtalar joylashgan. Tanadagi bu nuqtalar ushbu a’zolarning boshqaruvida tayanch vazifasini bajaradi. Tahorat qilish jarayonida esa ushbu nuqtalarning asosiy qismi harakatga keladi. Ushbu soha mutaxassislarining fikriga ko‘ra, 66 ta ana shunday nuqtalarning 61 tasi tahorat vaqtida yuvilishi lozim bo‘lgan teri sohasida joylashgan. Masalan:

 

Yuz. Yuz yuvilayotganida ichaklar, oshqozon va qovuq bilan bog‘liq bo‘lgan nuqtalar harakatga keladi. Shu bilan birga bunda asab va reproduktiv tizimlarga ham ta’sir ko‘rsatiladi. Yuzning doimiy yuvib turilishi natijasida erta ajin tushishining oldi olinadi, ko‘z ham infeksiyalardan tozalanadi.

 

Og‘iz. Og‘iz chayilganda esa og‘izdagi ovqat qoldiqlaridan xalos bo‘linadi, bu esa tish va milklarning sog‘lomligini saqlab qolishda muhim omildir. Agar bunda misvokdan foydalanilsa yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

Burun. Burunni yuvish jarayonida ham organizmga o‘tib, ba’zi bir simptomlarni qo‘zg‘ashi mumkin bo‘lgan zararli bakteriyalar daf qilinadi.

 

Quloqlar. Tahorat mobaynida quloqlarni sekinlik bilan, qattiq bosmasdan uqalab yuvish (mash tortish) lozim. Zero, Payg‘ambarimiz alayhissalom ham xuddi shunday qilganlar. Musulmon olimlarining fikricha, ushbu jarayon faqatgina ilohiy bo‘lib qolmay, balki o‘zining davo bo‘luvchi, shifobaxsh xususiyatiga ham egadir.

 

Oyoqlar. O‘ng oyog‘imizda ichaklar, suyak va asab tizimi, bel sohasi, oshqozon, oshqozonosti bezi, o‘t pufagi hamda qalqonsimon bez singari a’zolarga javobgar bo‘lgan nuqtalar joylashgan. O‘ng oyoqni yuvish mobaynida endokrin tizimi faoliyatini boshqaruvchi gipofiz ya’ni miya ostidagi, o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki sekretsiya bezi harakatga keladi.

 

Teri. Ba’zi olimlarning ta’kidlashlaricha, tahorat teri rakining oldini oladi. Buni quyidagicha sharhlashadi: tahorat mobaynida ximikat, ter, chang singari iflosliklardan eng ko‘p kirlanadigan tana a’zolari yuviladi. Tahorat tanani ushbu iflosliklardan bir kunda besh martalab tozalaydi va hujayralarning keragi kabi harakat qilishini ta’minlaydi.

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi

Manba: www.ziyo.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216921
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24589
  • 19054
  • 12827
  • 15797