Tailandlik professorning iqrori
3.2.2017 8908

   Xalqaro konferensiyalarning birida odam anatomiyasi sohasidagi mashhur olimlardan biri, tailandlik professor Tajasat Tajasan so‘zga chiqib, insondagi asab sistemasi, asab tolalarining teri ostida qanday joylashishi, agar teri kuydirilsa, teri ostidagi asablar ham kuyishi natijasida inson og‘riqni sezmay qolishi haqida gapirayotgan edi. Konferensiyada qatnashayotgan musulmon olimlardan biri Qur’ondagi: 

 

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا بِآَيَاتِنَا سَوْفَ نُصْلِيهِمْ نَارًا كُلَّمَا نَضِجَتْ جُلُودُهُمْ بَدَّلْنَاهُمْ جُلُودًا غَيْرَهَا لِيَذُوقُوا الْعَذَابَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَزِيزًا حَكِيمًا 

 

   “Albatta, oyatlarimizni inkor etuvchilarni do‘zaxda kuydirgaymiz. Azobni totsinlar deb, terilari kuyib bitishi bilan o‘rniga boshqa (yangi) terilarni almashtirib turamiz. Albatta, Alloh qudratli va hikmatlidir” (Niso, 56) oyatini o‘qib beradi. 
     Alloh taolo bu oyatda bizning e’tiborimizni do‘zax azobi qanday bo‘lishiga qaratmoqda. Doimiy, to‘xtovsiz, yengillashtirilmaydigan, abadiy azob. Do‘zax ahlining terisi har safar kuyib, og‘riqni sezmay qolganda, azobni his qilishlari davom etishi uchun Alloh taolo ularning terilarini yangilab qo‘yar ekan. 
     Mazkur oyatning tafsirini professorga tushuntirib berilganda, u: “Ushbu gaplar bundan o‘n to‘rt asr oldin aytilganmi?” deb so‘radi. Olimlar: “Ha” deb javob berishdi. 
    Shunda professor: “Albatta, bu haqiqatni olimlar yaqinda bilishdi. Yuqoridagi oyatni aytuvchi bashar bo‘lishi mumkin emas. Balki u oyat Alloh subhanahu va ta’olodandir. Endi ushbuni aytish vaqti keldi: Ashhadu an laa ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan Rosululloh” dedi. 
      Keling, azizlar! Mazkur oyat haqida o‘ylab ko‘raylik! 
    Teri kuysa, terining ostidagi asab tolalari ham kuyadi. Asab tolalari kuygach, inson og‘riqni sezmaydi. Kofir kimsalar “Qisqa muddat, to terilarimiz kuygunicha azoblanamiz. Keyin azob va og‘riqni sezmay qolamiz” deb o‘ylashar ekan. Ular azob va og‘riq teri kuygunicha bo‘ladi, keyin sezilmay qoladi deb xayol qilishar ekan. 
     Alloh taolo quyidagi oyatlarda bunday deb marhamat qilgan: 

 

إِنَّ الْمُجْرِمِينَ فِي عَذَابِ جَهَنَّمَ خَالِدُونَ لَا يُفَتَّرُ عَنْهُمْ وَهُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ 

 

    “Albatta, jinoyatchilar (kofirlar) jahannam azobida mangu qoluvchidirlar. Ulardan (azob) yengillatilmas va ular u yerda butunlay noumiddirlar” (Zuxruf, 74-75). 
    Alloh taolo ushbu oyatlarda kofirlar do‘zaxda abadiy azoblanishlarini, ulardan azob yengillatilmasligini bayon qilyapti. Agar Alloh taolo kofirlarni do‘zaxda abadiy azoblasa, ulardan azob yengillatilmasa, terilari kuyib, og‘riqni sezmay qolganlarida, azobni yana totishlari uchun ularning terilarini yangisiga almashtirib qo‘yadi. 
    Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga kuygan teri og‘riqni sezmay qolishi haqidagi ilmiy haqiqatni kim yetkazdi? Bu ilmiy haqiqatni bashariyat yaqindagina bildi-ku! 
     Insoniyat yaqindagi bilgan ushbu ilmiy haqiqat bundan o‘n to‘rt asr oldin Qur’onda aytib qo‘yilgani Qur’onning Alloh taoloning huzuridan nozil bo‘lganiga yetarli dalil emasmi?! 
    Agar yuqoridagi oyat odam anatomiyasi sohasidagi eng taniqli olimlardan birining islomni qabul qilishiga undagan bo‘lsa, bu narsa dunyodagi barcha olimlar, sayyoramiz ahlining hammasi Allohga iymon keltirib, islomni qabul qilishiga yetarli dalil emasmi?! 



Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy rahimahullohning “Allohning borligiga moddiy dalillar” nomli kitobidan Nozimjon Hoshimjon tarjimasi 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216820
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24574
  • 19037
  • 12812
  • 15780