Ummatni halokatdan qutqargan ayol
7.3.2017 8362

   Mana bu voqeaga diqqat bilan quloq tuting! Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 6-hijriy yilda 1400 sahoba bilan Madinadan Baytullohning ziyorati uchun borganlarida mushriklar Hudaybiya nomli joyda yo‘lni to‘sdilar. O‘sha yerda sulh tuzilib, musulmonlar Ka’bani ziyorat qilmay qaytib ketadigan bo‘ldilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalariga bu gapni e’lon qilib bo‘lib, "Turinglar, shu yerda qurbonliklaringizni so‘yib, sochlaringizni oldiringlar", dedilar. Sahobalar norozi bo‘lib, birortalari ham joylaridan qimirlamadilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam amrni uch marta qayta-qayta takrorlasalar ham biror kishi qimir ham etmadi.
   U zot g‘oyat mahzun bo‘lib, chodirga, jufti halollari Ummu Salama roziyallohu anhoning yonlariga kirib: "هَلَكَ الْمُسْلِمُونَ أمَرْتُهُمْ فَلَمْ يَمْتَثِلُوا" Ya’ni, "Musulmonlar halok bo‘ldi. Men ularga buyursam menga bo‘ysinmayaptilar", dedilar.
   Azizlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bejizga tashvishga tushmagandilar. Chunki oldingi payg‘ambarlarning ummati aynan mana shunaqa holatda payg‘ambarlariga bo‘ysinmaganlari uchun balo va ofatlar kelgan edi.
   Shunda Ummu Salama roziyallohu anho Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga har qanday dono vazir ham bera olmaydigan maslahatni berdilar:

 

"Ey, Allohning Rasuli, aytgan amringiz bo‘lishini xohlaysizmi? Tashqariga chiqing. Ulardan birortasiga bir kalima ham so‘z aytmay qurbonlik tuyalaringizni so‘ying. So‘ng sartaroshingizni chaqiring, sochingizni olsin", dedilar.

 

   Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam chiqib, Ummu Salama roziyallohu anho aytganlaridek qildilar. Buni ko‘rgan sahobai kiromlar ham shoshib qurbonliklarini so‘yib, sochlarini oldira boshladilar. Shunday qilib bir muslima ayolning tadbiri ila Islom ummati halokatdan qutulib qoldi.

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216910
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24589
  • 19054
  • 12827
  • 15797