Ассалому алейкум
Mavzu:

Oilam buzildi! Maslahat bering! 11.01.2017

Savol:

    Assalomu alaykum. Sizga oilaviy ahvolimni aytgan edim. Axiri oilam bilan ajrashdim... Oxirigacha qilgan harakatlarim besamar ketdi. Arshni larzaga keltiruvchi ajralish so‘zini majburlikdan aytim. Kelin ajrashaman, deb qattiq turib oldi. Shuncha tushuntirganim kor qilmadi... Hech xotirjam bo‘la olmayapman. Shu so‘zni ishlatgandan keyin o‘zimni qo‘yarga joy topolmayapman! Endi qanday yo‘l tutay?! Maslahat bering!

Bo`lim Maslahat
8284
Javob:

    Va alaykum assalom. Agar xotiningiz siz bilan yashashni istamasa, uni majburan ushlab turolmaysiz. Bu – hayot. Unda kutilmagan hodisalar ro‘y beradi. Siz muhimi oilangizni saqlashga, uni buzilib ketishdan asrashga harakat qildingiz. Ammo foydasi bo‘lmadi. Shariat bunday vaqtlarda taloqqa ruxsat bergan. Shunday ekan, o‘zingizni ko‘p ham qiynamang, ruhan tushkunlikka tushmang, balki yana oila qurib, avvalgidan ko‘ra baxtliroq bo‘lishga, ilgari sodir etgan xatolarni takrorlamaslikka harakat qiling. Farzandlaringiz uchun oqila, mehribon ona, o‘zingizga vafodor, sizni doim tushunadigan mo‘mina ayolni tanlang.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216927
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Oilam buzildi! Maslahat bering! 11.01.2017

Assalomu alaykum. Sizga oilaviy ahvolimni aytgan edim. Axiri oilam bilan ajrashdim... Oxirigacha qilgan harakatlarim besamar ketdi. Arshni larzaga keltiruvchi ajralish sozini majburlikdan aytim. Kelin ajrashaman, deb qattiq turib oldi. Shuncha tushuntirganim kor qilmadi... Hech xotirjam bola olmayapman. Shu sozni ishlatgandan keyin ozimni qoyarga joy topolmayapman! Endi qanday yol tutay?! Maslahat bering!

8284