Ассалому алейкум
Mavzu:

Serfarzandlik kambag‘allik keltiradimi? 19.01.2017

Savol:

   Assalomu alaykum, ustoz! Alloh umringizni va ilmingizni ziyoda qilsin. Ustoz, savolim bor edi: “Ko‘p farzandlik kambag‘allikka olib boradi”, deyishdi. Ba’zilari hadis ham bor, deb da’vo qilishdi. Men esa Ma’qil ibn Yasor roziyallohu anhu rivoyat qilgan: “Sizlar (erini) yaxshi ko‘radigan, tug‘adigan ayollarga uylaning! Zero, men sizlarning ko‘pligingiz bilan boshqa ummatlar oldida faxrlanaman”, dedilar” (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbon va Tabaroniy rivoyati. Rivoyat sanadi sahih) hadisni keltirsam ham kifoya qilmadi. Chunki jamoatda shu kabi duo qilinibdi! Serfarzandlik kambag‘allik keltiradi, degan hadis bormi?

Bo`lim Oilaviy
12658
Javob:

   Va alaykum assalom. Dinimizda nikohga qodir bo‘lgan banda uylanib, farzand ko‘rishga targ‘ib qilingan. Shunday hadislarning birida tug‘ishga salohiyatli ayolga uylanib, serfarzand bo‘linglar, sababi men qiyomatda boshqa ummatlar oldida sizlarning ko‘pligingiz bilan faxrlanaman, deyilgan. Shunga ko‘ra, serfarzand bo‘lishga harakat qilinadi. Bolalarni boqish yo tarbiya qila olmaslikdan qo‘rqib, farzand ko‘rmaslik joiz emas, deyiladi. Ayniqsa, kambag‘allikdan qo‘rqib bola ko‘rmaslik mumkinmas. Sababi, mo‘min banda “Rizqni Alloh beradi”, degan qat’iy e’tiqodda bo‘ladi.
Xullas, serfarzand bo‘lish kambag‘allikka sababdir, degan gap yo‘q. Bu, Islom dini mohiyatiga ziddir. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216917
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Serfarzandlik kambag‘allik keltiradimi? 19.01.2017

Assalomu alaykum, ustoz! Alloh umringizni va ilmingizni ziyoda qilsin. Ustoz, savolim bor edi: Kop farzandlik kambagallikka olib boradi, deyishdi. Bazilari hadis ham bor, deb davo qilishdi. Men esa Maqil ibn Yasor roziyallohu anhu rivoyat qilgan: Sizlar (erini) yaxshi koradigan, tugadigan ayollarga uylaning! Zero, men sizlarning kopligingiz bilan boshqa ummatlar oldida faxrlanaman, dedilar (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbon va Tabaroniy rivoyati. Rivoyat sanadi sahih) hadisni keltirsam ham kifoya qilmadi. Chunki jamoatda shu kabi duo qilinibdi! Serfarzandlik kambagallik keltiradi, degan hadis bormi?

12658