Ассалому алейкум
Mavzu:

Kafolat puli (zaklad) olsa bo‘ladimi? 21.01.2017

Savol:

    Sizlarni ovora qilayotganim uchun uzr. Zaklad (kafolat puli ) haqida savolim bor edi. Agar bir ish uchun zaklad olib, uni ishlatsak, keyin mijoz bu savdodan aynib, qaytarishni so‘rasa, falon vaqtda qaytara olaman, desam bu ishim to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi?

Bo`lim Muomalotlar
8427
Javob:

   Bismillahir rohmanir rohiym! Savdo molini sotib olsa, narxiga qo‘shish, sotib olmasa, sotuvchiga qolib ketish sharti bilan xaridorning sotuvchiga oldindan pul berishi arab tilida “urbon” (urbun) (bizda “ba’yboshi”, ruslarda “zaklad”) deyiladi. Ko‘pchilik (jumladan, hanafiy mazhabi) ulamolariga ko‘ra, bunday qilish joiz emas. Chunki unda odamlar molini botil yo‘l bilan yeyish, yana noaniqlik bor.
   Zaklad berish o‘rniga yozma yoki og‘zaki shartnoma tuzgan ma’qul. Agar biron kishi bilmay kimgadir ba’yboshi berib qo‘ygan bo‘lsa, noto‘g‘ri yo‘l tutilgan bo‘lsa ham savdo bo‘laveradi. Faqat xaridor aynib qolgan taqdirda sotuvchi berilgan zakalatni xaridorga qaytarib beradi. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216326
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Kafolat puli (zaklad) olsa bo‘ladimi? 21.01.2017

Sizlarni ovora qilayotganim uchun uzr. Zaklad (kafolat puli ) haqida savolim bor edi. Agar bir ish uchun zaklad olib, uni ishlatsak, keyin mijoz bu savdodan aynib, qaytarishni sorasa, falon vaqtda qaytara olaman, desam bu ishim togrimi yoki notogrimi?

8427