Ustachilikdagi sheriklik masalasi
Savol:Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Faqat aniq javob bering! Boisi javobingizga ko‘ra ish tutaman! Bir inson bilan anchadan beri ishlayman. U inson mening ustozim. Ular nomozxon va taqvodor inson. Ustozimmi fotihasini oganman. Biz birga ko‘p buyurtmalarni olamiz. Kelishuvimiz 50/50. Biroq ular buyurtmani bajarishda umuman ishtirok etmaydi. Hamma ishni o‘zim bajaraman. Misol uchun 10 millionlik buyurtma olsak 5 million menga 5 million ularga. Bu ishning hukmi qanday? Yana bir savol: bir buyurtma olgan edik. Buyurtmani bajardim. Biroq menga ulushimni berish niyati yo‘q yoki bermasdan, aldamoqda. Men bu hola qanday yo‘l tutay? Maslahat bering, iltimos!
Bo`lim Muomalotlar6130
Va alaykum assalom. Bunday sharoitda o‘zaro kelishib ishlasangiz, xayr-baraka bo‘ladi. Topilgan foydani qanday taqsimlanishi ish kimning zimmasiga ko‘proq tushishiga, mijozlar bilan kim qanday muomala qilishiga, ish yuritish uchun kim qancha sarflaganiga qarab belgilanadi. Agar ustozingizdan fotiha olgan bo‘lsangiz, istasangiz, o‘zingiz alohida bo‘lib chiqing. Zero, o‘rtada ishonch, omonatdorlik bo‘lmasa, bunday hamkorlikdan baraka ketadi. Shu bilan birga o‘zingiz yakka holda faoliyat olib bora olasizmi, masalaning bu tarafi ham bor. Shuning uchun mana shu jihatlarni hisobga olib, qaysi yo‘l siz uchun foydali ekanini o‘zingiz aniqlab oling. Keyin, ustozingiz bilan birga ishlamagan taqdirda orangizga sovuqchilik tushmasligiga ham e’tibor bering.