Ассалому алейкум
Mavzu:

O‘zidan katta ayolga uylansa bo‘ladimi? 28.02.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Ko‘p yillardan beri bir savol meni qiynab keladi. Erkak kishi o‘zidan katta ayol kishini yoqtirib qolsa yoki unga uylansa buni shariatda qanday tushinish mumkin? To‘g‘ri, Muhammad (s.a.v) ham o‘zlaridan katta inson bilan bir yostiqqa bosh qo‘yganlar. Lekin hozir kunda bunday masala bizni muqaddas dinimmizga mos keladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

Bo`lim Oilaviy
9808
Javob:

     Va alaykumus salom. Nikohda erkak va ayol o‘rtasidagi yoshning ahamiyati yo‘q. Muhimi ular imon-e’tiqod, odob-axloq, dunyoqarash, kasb-kor kabilarda bir-biriga mos bo‘lsa, bir-birini to‘g‘ri tushunib keta olsa, o‘rtalarida nikoh shartnomasi tuzilishi joiz. Lekin er-xotin orasidagi yoshning haddan tashqari tafovut qilishi sabab fikrlar qarama-qarshiligi kelib chiqishi, oila tinchligiga xavf tug‘ilishi ehtimoli ham yo‘q emas. Shuni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik tavsiya etiladi. Bu borada urfga ham qarab ish tutgan yaxshi.

 

 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 73916
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
O‘zidan katta ayolga uylansa bo‘ladimi? 28.02.2017

Assalomu alaykum. Kop yillardan beri bir savol meni qiynab keladi. Erkak kishi ozidan katta ayol kishini yoqtirib qolsa yoki unga uylansa buni shariatda qanday tushinish mumkin? Togri, Muhammad (s.a.v) ham ozlaridan katta inson bilan bir yostiqqa bosh qoyganlar. Lekin hozir kunda bunday masala bizni muqaddas dinimmizga mos keladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

9808