Ассалому алейкум
Mavzu:

Ayol eridan ruxsatsiz nafl ro‘za tutsa bo‘ladimi? 19.05.2017

Savol:

 Assalomu alaykum. Er nafl ro‘za tutsa, ayoli ham eridan beruxsat ro‘za tutsa bo‘ladimi?

Bo`lim Ibodat masalalari
11217
Javob:

 Va alaykumus assalom. Muslima ayol nafl ro‘zani erining ruxsati bilan tutishi kerak. Chunki hadisi sharifda shunday ko‘rsatma kelgan. 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لاَ تَصُومُ المَرْأَةُ وَبَعْلُهَا شَاهِدٌ إِلَّا بِإِذْنِهِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالدَّارِمِيُّ وَأَحْمَدُ. 

  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Eri hozir (ya’ni, muqim) bo‘lgan ayol faqat uning ruxsati bilan ro‘za tutadi” (Buxoriy, Dorimiy va Ahmad rivoyat qilgan). 
Imom Dorimiy sahih sanad bilan keltirgan rivoyatda: “Eri shohid (ya’ni, hozir-muqim) bo‘lgan ayol Ramazondan boshqa vaqtda bir kun ham uning ruxsatisiz nafl ro‘za tutmaydi”, deyilgan. 

Farz ro‘zada, ya’ni Ramazon oyida tutiladigan ro‘zada erning ruxsati shart emas. Chunki Allohning haqi ernikidan ustun turadi. Biroq muslima ayol Ramazondan boshqa vaqtlarda nafl ro‘za tutmoqchi bo‘lsa, buni avval eriga ma’lum qiladi. Agar eri ruxsat bersa, tutadi, bo‘lmasa yo‘q. Eri ruxsat bermagan holda ro‘za tutgan ayolning ro‘zasi maqbul, ammo o‘zi gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam! (Manba: Badriddin Ayniy, “Umdatul qoriy”). 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216203
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Ayol eridan ruxsatsiz nafl ro‘za tutsa bo‘ladimi? 19.05.2017

Assalomu alaykum. Er nafl roza tutsa, ayoli ham eridan beruxsat roza tutsa boladimi?

11217