Ассалому алейкум
Mavzu:

Qanday ayollarga uylangan ma’qul? 16.09.2017

Savol:

Assalomu alaykum,  hurmatli Ustoz! Alloh din yo‘lida  qilayotgan xizmatlaringizni husni qabul aylasin! Masahatlaringizga  muhtojman! Iltimos, yordam beringlar.

Yoshim yigirmada. Oilamizdagilar, kaminani, unashtirib qo‘yish  niyatida yuribdilar. Bir qizni taklif qilmoqdalar: "U qiz ilmli. Ona  tili, adabiyot, ingliz tili kabilarni juda yaxshi biladi. Arab tilidan  ham xabari bor.  Qur’oni karimdan ham 10 pora yod olgan. Hijobda  yuradi..." deyishmoqdalar. Xullas, menga mos emish.  Men, ancha oldin, bir marotaba uni ko‘rganman. To‘g‘risi husn  tomonlama uncha yoqmagandi (zohirga qarab baho berish, mening  ojizligim, xatoyimdir balki).

Dadam shunga uylanasan. "Xo‘p" desang hoziroq boraman, deya holi  jonimga qo‘ymayabdilar. Nima qilishni masahat berasizlar? Alloh ishlaringizga rivoj bersin! Duolaringizda kaminani unutmanglar

Bo`lim Maslahat
8107
Javob:

Va alaykum assalom. Haqiqiy musulmon erkak birinchi navbatda ayolning imoniga, hayosiga, odob-axloqiga e’tibor beradi. Chiroy, nasl-nasab va boylik keyingi o‘rinda turadi. Asosiysi, kishining bo‘lajak jufti mo‘mina-muslima bo‘lishi kerak. Agar imoni bilan birga chiroyli, nasabi toza va badavlat bo‘lsa, yanayam yaxshi. Ammo qolgan uchta jihat imon-e’tiqoddan ustun qo‘yilmaydi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 111976
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 55025
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 34442
  • Qaynona va kelin munosabatlari

    Boshqa millat vakillarining kopchiligi biz ozbeklarning oilaviy hayotimizga, yani, qarindosh uruglarning bir-birlariga…

    6.82015 31553
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Qanday ayollarga uylangan ma’qul? 16.09.2017

Assalomu alaykum, hurmatli Ustoz! Alloh din yolida qilayotgan xizmatlaringizni husni qabul aylasin! Masahatlaringizga muhtojman! Iltimos, yordam beringlar. Yoshim yigirmada. Oilamizdagilar, kaminani, unashtirib qoyish niyatida yuribdilar. Bir qizni taklif qilmoqdalar: "U qiz ilmli. Ona tili, adabiyot, ingliz tili kabilarni juda yaxshi biladi. Arab tilidan ham xabari bor. Quroni karimdan ham 10 pora yod olgan. Hijobda yuradi..." deyishmoqdalar. Xullas, menga mos emish. Men, ancha oldin, bir marotaba uni korganman. Togrisi husn tomonlama uncha yoqmagandi (zohirga qarab baho berish, mening ojizligim, xatoyimdir balki). Dadam shunga uylanasan. "Xop" desang hoziroq boraman, deya holi jonimga qoymayabdilar. Nima qilishni masahat berasizlar? Alloh ishlaringizga rivoj bersin! Duolaringizda kaminani unutmanglar

8107