Ishim yurishmayapti. Maslahat bering? 20.09.2017
Savol:Assalomu alaykum, Ustoz. Nima ish qilsam ham ishlarim orqaga ketyapti. Borgan sari qarzga kirib ketyapman. Allohga shukr, besh vaqt namozni o‘qiyman, harom ishlar qilmayman. Avallambor hammasi Allohdan. Ammo bu borada sizdan ham maslahat so‘ray degandim...
Bo`lim Maslahat13733
Va alaykum assalom. Avvalo mo‘min banda rizq masalasida e’tiqodini to‘g‘rilab olishi kerak. Rizqni kim beradi, qanday omillar rizqqa ta’sir qiladi, rizqdan baraka ketishiga nimalar sabab bo‘ladi, bularni bilishi lozim.
Keyin Allohning izni bilan rizqni jalb qiluvchi, unga baraka kirituvchi omillar ham bor. Bularni ham yaxshi bilib olish maqsadga muvofiqdir.
Ko‘pchilik sizga o‘xshab “ishim yurishmayapti”, “qarzim ko‘p”, “omadim kelmayapti”, “kasallik arimayapti”, “muammolar girdobida qolib ketdim...” deb noliydi. Vaholanki, shariatda bu borada hamma ko‘rsatmalar kelgan. O‘z navbatida shuni ma’lum qilamizki, kamina xodimingiz bir birodarimiz bilan hamkorlikda “Keng rizq va baraka omillari” nomli kitobni tasnif qilganmiz. O‘sha kitobda hammasi bor: ish nima sababdan yurishmay qolishi, rizqqa baraka kirishi uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi, xullas, rizq bilan bog‘liq muhim masalalar o‘sha kitobda bayon qilingan.