NAMOZDAGI HAROM AMALLAR
5.1.2018 12553

Namoz o‘qiyotganda quyidagi ishlarni qilish man etiladi:

1. Yuzni o‘ng yoki chap tarafga qaratish.

2. Osmonga qarash.

3. Farz namozlarida biron narsaga uzrsiz suyanish.

4. Ruku’da, sajdada oyoq yoki qo‘l barmoqlarini yerdan ko‘tarish.

5. Qa’dada ikki oyoqni tik qilib tovon ustida o‘tirish.

6. Badani yoki kiyimini ko‘p o‘ynash.

7. Salomni faqat bir tarafga berish.

8. Namoz vojiblaridan birini qasdan tark etish. Masalan, farz namozlarining birinchi, ikkinchi rakatida Fotihani qiroat qilmaslik, qa’dada tashahhudni o‘qimaslik va hokazo.

 

NAMOZDAGI MAKRUH AMALLAR

 

1. Namoz sunnatlaridan birini atayin tark etish. Masalan, takbiri tahrimadan keyin sanoni o‘qimaslik, ruku’da, sajdada tasbeh aytmaslik va hokazo.

2. Mushaf tartibiga teskari qiroat qilish. Masalan, birinchi rakatda Ixlos, ikkinchi rakatda Masad surasini o‘qish.

3. Qisqa suralar o‘qiganda orada bir surani tashlab ketish. Misol uchun, birinchi rakatda Quraysh, ikkinchisida Kavsar surasini o‘qish.

4. Farz namozlarining bir rakatida bir surani ikki marta o‘qish.

5. Doim bir surani o‘qish, boshqalarini tark etish (Lekin, “Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam namozda ko‘proq shu suralarni qiroat qilganlar”, degan niyati bo‘lsa, makruh emas).

6. Namozni xushu’siz, beparvo o‘qib qo‘yish.

7. Namoz o‘qiyotgan odamning sajda qilishga xalaqit bermaydigan mayda toshlarni surib tashlashi (Hadisda aytilganidek, bir marta sursa bo‘ladi).

8. Agar sajda o‘rni tuproq bo‘lsa, namozdan chiqqach peshonani tozalab artish.

9. Erkaklar sajda qilayotganda ikki bilagini yerga, qornini tizzasiga tekkazishi.

10. Erkaklar namoz vaqtida sochni turmaklab olishi.

11. Qiyomda qo‘lni belga qo‘yish.

12. Namoz o‘quvchi kiyimini osiltirib yoki yelkasiga tashlab yoxud yig‘ishtirib, yengini shimarib olishi.

13. Amali kasir qilmagan holda kiyimni uzrsiz to‘g‘rilash (Jumladan, sajdaga borayotganda qo‘li bilan shimini ko‘tarish), barmoqlarini bir-birining ichiga kirgizish, tanasining ayrim joylarini behuda o‘ynash. Chunki bu narsa xushu’ga xalal beradi.

14. Dangasalik yoki kibr tufayli bosh kiyimsiz namoz o‘qish (Ammo, Alloh huzurida o‘zini xor tutish niyatida boshyalang o‘qish makruh emas).

15. Qorin juda och paytda namoz o‘qish. Bunda avval ozroq taom yeb, nafs qondiriladi. Keyin xotirjam holda namoz o‘qiladi.

16. Fikrni chalg‘ituvchi narsalar qarshisida namoz o‘qish.

17. Hojatxonaga borish zarurati tug‘ilganda yoki yel chiqishi tang qilib turganda o‘zini majburlab ushlab turish.

18. Ko‘zini behuda yumib olish. Agar xushu’ hosil qilish uchun yumsa, hechqisi yo‘q.

19. Janoza namozida takbir aytilganida boshini ko‘tarish.

20. Imomning jamoatdan farqli darajada balandda turishi.

21. Namoz o‘quvchining – safda bo‘sh joy bo‘la turib – keyingi safda turishi.

22. Namozxon oldida, yon tarafida, kiyimida, sajdagohida jonli narsalar surati bo‘lishi (Agar surat orqada bo‘lsa, juda kichik yoki boshi o‘chirilgan bo‘lsa yoki jonsiz narsalar surati bo‘lsa, zarari yo‘q).

23. Olovga qarab namoz o‘qish. Chunki bunda namozxon majusiyga o‘xshab qoladi (Biroq, mehrobda chiroq turishining zarari yo‘q)

24. Namozxon oldidan birov o‘tishi ehtimoli bor joyda sutra qo‘ymasdan namoz o‘qish.

25. Kir, eski ish kiyimida namoz o‘qish.

26. Namozda oyatlarni, tasbehlarni barmoq bilan sanash.

Mazkur amallar bilan namoz buzilmaydi, lekin qusurli bo‘lib qoladi. Shuning uchun namozxon bunday ishlardan saqlangani ma’qul.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216864
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24587
  • 19052
  • 12825
  • 15794