Ro‘zani buzmaydigan narsalar
5.1.2018 2984

Quyidagi holatlarda bandaning ro‘zasi buzilmaydi:

– Ro‘zador ekanini unutib, taom yeyish yoki ichimlik ichish. Banda ro‘za tutgani esidan chiqib, biron narsa yesa yoki ichsa, eslagan zahoti chaynashdan to‘xtab, og‘zidagi luqmani chiqarib tashlashi lozim. Agar ro‘zadorligi esiga tushganda ham chaynashda davom etsa yoki luqmani yutib yuborsa, unga kafforat vojib bo‘ladi. Ro‘zadorligini unutib jinsiy aloqa qilishning hukmi ham shunday;

– erkak yoki ayolning shahvat qo‘zg‘aydigan joyiga tikilib qarash sababli shahvat suvi chiqishi;

– ro‘zani buzishga niyat qilib buzmaslik;

– sochga yog‘ surtish;

– surma qo‘yish yoki ko‘zga rang surtish (surtilgan narsaning ta’mi bilinsa ham zarari yo‘q);

– qon oldirish;

– misvok ishlatish;

– og‘iz va burunnig tahorat va g‘uslda ohista chayish (agar qattiq chayish oqibatida ichga suv ketib qolsa, ro‘zaning qazosi tutiladi);

– g‘iybat qilish;

– beixtiyor tutun yutish;

– tegirmonda ishlaydigan kishining tomog‘idan un chang holida o‘tishi;

– tomoqdan pashsha yoki chivin kabilar o‘tishi;

– ertalab ehtilom holida turish. Bunda ehtiyotkorlik bilan g‘usl qilib olinadi. Aslida bunday holatda shomgacha junub holda yurish ro‘zaga xalal bermaydi;

– quloqdan suv kirishi;

– burun suvini ichga yutish;

– tishlar orasidagi no‘xatdan kichik narsani yutish;

– tish oldirirganda ichga qon yoki dori ketib qolmasa ro‘za ochilmaydi.

– og‘izga sedana va kunjut kabi mayda narsalarni solib, mazasi ketgunicha yutmasdan chaynaganda ham ro‘za ochilmaydi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 80416
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

13088
  • 8002
  • 5217
  • 7210