Ro‘zaning kafforati
5.1.2018 3998

Kim Ramazon oyining kunduz kunida ro‘zador holida jinsiy yaqinlik qilsa, qasdan taom va davo bo‘ladigan narsani1 yesa yoki ichsa, uning ro‘zasi buziladi. Bunday odam ro‘zaning qazosini tutadi, kafforatni ado qiladi. Bunda u hech kimning majburlashisiz, shar’iy uzrsiz ro‘zani ochgan bo‘lib, bunday banda jazoga munosibdir. Ro‘zani uzrsiz ochishning jazosi qazo va kafforatni ado qilishdir.

Kafforat lozim bo‘lgan kishi bir qul ozod qilishi, bunga imkoni bo‘lmasa, uzluksiz – ro‘za va Qurbon hayiti bo‘lmagan vaqtda ikki oy ro‘za tutish, agar bu ro‘zani tuta olmasa, bir kunda ikki marta ertalab va kechqurun 60 nafar faqirning qornini to‘ydirishi kerak. Oltmish faqirning har biriga yarim so’ bo‘g‘doy yoki un yoki qovurilgan un yoki bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa yo bo‘lmasa, bulardan birining qiymatini bersa ham bo‘ladi.

Bu ishlar ro‘zani qasdan buzib, loqaydlik qilgan bandaning gunohini yuvishi bilan birga qul ozod qilish, miskinlarga yaxshilik qilinishiga sababdir. Bu ishda Islom kishilarning erkinligi, farovonligiga qanchalik ahamiyat berganini ko‘rishimiz mumkin.

Jumhur ulamolar: “Jinsiy aloqada qatnashgani uchun ayol ham kafforat beradi”, deb aytishgan.

Quyidagi holatlarda ro‘za buziladi, ro‘zaning qazosini tutish va kafforat berish vojib bo‘ladi:

1. Taom va shunga o‘xshash narsalarni biron uzrsiz iste’mol qilish. Ozuqa sifatida iste’mol qilinadigan barcha narsalar taom sirasiga kiradi.

2. Jinsiy aloqa qilish. Bunda maniy to‘kilishining farqi yo‘q. Ya’ni, ro‘zador holida jinsiy yaqinlik qilib, shahvat suvini to‘kmasa ham, ro‘zaning qazosini tutib, uning kafforatini ado qiladi.

3. Birovning g‘iybatini qilganidan, qon oldirganidan, ayolini shahvat bilan ushlaganidan yoki o‘pganidan, mo‘ylabini moylaganidan keyin “ro‘zam ochilib ketdi”, degan xayol bilan qasdan yeb-ichib yuborish.

4. Og‘ziga kirgan yomg‘ir suvini, xotinining tupugini lazzat olish uchun ichiga yutishi.

Kafforatni bekor qiluvchi holatlar.

Ro‘zasi ochilib, kafforat qilishi kerak bo‘lgan odam o‘sha kuni ro‘za ochishni muboh qiladigan kasallikka uchrasa, ayol hayz yoki nifos ko‘rsa, kafforat bekor bo‘ladi.

Kafforat lozim bo‘lgan kishi o‘sha kunda majburiy safarga chiqadigan bo‘lib qolsa, kafforat bekor bo‘lmaydi.

Qarilik kafforati.

Ro‘za tutolmaydigan darajada qari, quvvatsiz chol va kampirlar ro‘za tutmasliklari joiz. Biroq ular bir kunda yarim so’ bug‘doy miqdorida fidya beradilar. Davolash imkonsiz, tuzalmaydigan kasallikka chalingan bemorlar ham qari kishilar hukmidadir. Ular ham ro‘za tutish o‘rniga fidya beradilar.

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

1 Dori, tamaki, afyun, nasha kabilar ham ro‘zani ochuvchi, kafforatni vojib qiluvchilardir.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 80422
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

13089
  • 8004
  • 5218
  • 7212