Muxlislarga tuhfa
5.8.2015 5637

      Assalomu alaykum, aziz muxlislar. Ma’lumki, Toshkent shahar Shayxontohur tuman bosh imom-xatibi hamda “Shayx Zayniddin” jome’ masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li muallifligida kitoblar nashr etilgan, ovozli to‘plamlar muxlislarga yetkazilgan. Ilm-ma’rifat chirog‘ining yana bir fonusi qalbingizni yoritadi, degan umiddamiz. Ya’ni, siz azizlarga Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining 2013 yildagi juma ma’ruzalari asosida DVD fomatda “Juma mav’ezalari” 5 – va 6 – fasllari taqdim etilmoqda. Unda “Buyuk va muqaddassan, mustaqil O‘zbekiston!”, “Yetimlarga g‘amxo‘rlik qilish”, “Rizq topishning dinimiz qadriyatidagi bahosi haqida”, “Qurbonlik fazilati”, “Iymon poklikdur, poklik iymondandur!”, “Ixlos buyuk fazilatdur”, “Ota-ona hurmati va e’zozi”, "Ashuro kuni fazilati haqida" mavzularida ma’ruzalar tinglaysiz.
       Bugun mazkur to‘plamlar sizning uyingizdagi kitob javoningizdan o‘rin olishidan xursandmiz. Ilm – ma’rifatga bo‘lgan ixlosingiz hech qachon so‘nmasin.

 

"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216986
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24590
  • 19056
  • 12829
  • 15799