O‘zbek imomlari Novosibirsk shahri bosh imom-xatibi bilan uchrashdi
7.8.2015 4975

   Avval xabar berganimizdek, imom-xatiblarimizdan to‘rt nafari Rossiya musulmonlari idorasi mas’ullari bilan birgalikda, Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahriga safar qilgandi.
      Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li mazkur delegatsiya a’zosi sifatida turli ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlarda ishtirok etmoqda.
     Kuni kecha delegatsiya a’zolari Novosibirsk shahri bosh imom-xatibi Salim Shakirzyanovning huzurida bo‘ldilar. Muftiy hazratlari imom xatiblarimizga tashriflaridan minnatdor ekanliklarini, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishida bunday sa’yi harakatlar muhim ahamiyatga egaligi, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi barcha mas’ul insonlarga dinimiz va yurtimiz rivoji yo‘lidagi mehnatlariga o‘z tashakkurini izhor etdi.
      Muftiy hazratlari suhbat davomida turli yot oqimlardan ogoh bo‘lish, yurtdoshlarimizning ularni tuzoqlariga ilinmasligi uchun imom xatiblarning doimo sergak bo‘lishi, aqidaparast oqimlarning da’vatlari, axborot xurujlariga qarshi tezkor chora tadbirlar ko‘rish bugungi kun talabi ekanligini ta’kidladi.
    Delegatsiya a’zolari uchrashuv doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, islomshunos olim Aydarbek Tulepovning “Smuta IGIL” va “Internetga in qurgan o‘rgimchaklar” nomli kitoblari imom xatiblarimiz tomonidan muftiy hazratlariga taqdim etildi. Muftiy hazratlari mazkur adabiyotlarni mazmun - mohiyatiga yuqori baho berib, diniy ekstirimistik g‘oyalarga qarshi kurashishda samarali vosita bo‘lishini e’tirof etdi.
      Shundan so‘ng, imom xatiblarimiz ishtirokida peshin namozi ado etildi. Namozdan so‘ng, davlat rahbarlari xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti haqlariga, ularning mamlakatimizda amalga oshirayotgan ulkan bunyodkorik ishlarida, tinchlikni asrash, musulmonlarning emin-erkin ibodat qilishlari yo‘lidagi sa’yi harakatlarida tani sihatlik, ulkan muvafaqiyatlar yor bo‘lishini so‘rab, duo qilindi. Shuningdek, jamoat duosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov boshchiligidagi ulamolarimizning dinimiz rivoji yo‘lidagi mehnatlariga ajru savob nasib etilishi zikr qilindi.
        Delegatsiya safari davom etmoqda.

 

“Shayx Zayniddin” jome masjidi matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 219545
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98303
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47299
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45911
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24801
  • 19280
  • 12977
  • 16009