Bolalar – baxt chechaklari!
1.6.2016 8603

    Bolalar – baxtning asl elchilari! Ularning shodon kulgusi bilan xonadonlar quvonchga to‘ladi. Baxtu sururga to‘ladi. Baxtiyor oilalar esa jamiyatning asl tayanchi.
    Yurtimizda bolalarni himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Oila, mahalla, maktab hamkorligi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, mustaqilligimiz va tinchligimizga rahna soluvchi harakatlarga qarshi targ‘ibot - tashviqot ishlarini yil bo‘yi manzilli tashkil etishda hamda milliy qadriyat va urf-odatlarni yosh avlod ongiga singdirishda muhim omil bo‘lmoqda. Bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart - sharoit yaratish, qiziqishlari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish, sportga jalb qilish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilyapti. Yillarning bolalar salomatligi uchun atalishining o‘ziyoq mamlakatimizning bu boradagi qarashlariga gultoj bo‘lib turibdi, desak aslo adashmagan bo‘lamiz.
    1 iyun—“Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan mamlakatimizning barcha nuqtasida a’naviy ravishda bolalar uchun ko‘plab tadbirlar, bayram tomoshalari, sayllar uyushtiriladi. Yildan - yilga yuksak darajada o‘tkazilib kelinayotgan mazkur bayram bu yil ham ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Butun respublikamiz bo‘yicha konsert dasturlari, tadbirlar, xayriya aksiyalari o‘tkazildi.
    Aytish kerakki, har yili bu sana Toshkent shahar Shayxontoxur tumani bosh-imom xatibi va "Shayx Zayniddin" jome’ masjidi imomi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li rahbarligidagi jamoa tomonidan mehr – muruvvat va bolalarga quvonch ulashish bayrami sifatida qarshi olinadi. Xususan, bu yil ham bayram munosabati bilan "Shayx Zayniddin" jome’ masjidi jamoasi hamda “Muxlis.uz” sayti ijodkorlari ana shunday tadbirlarda ishtirok etmoqda. Jumladan, jome’ masjidi jamoa Toshkent shahar Shayhontohur tumanida joylashgan “G‘uncha durdonalari” nomli 321 - maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkazilgan tadbirda qatnashdi. U yerda yuzga yaqin bolajonlarga maxsus sovg‘alar hamda shirinliklar ulashildi. Shu bilan birga, iste’dodli aktrisa Shaxzoda Muxammedova va ertak qahramonlarining chikishlari namoyish etildi.
     Ha, farzandlari ko‘zida quvonch, dilida shodligi bo‘lgan yurt ertasida katta umidlar bog‘lashi mumkin. Zero, mehr bulog‘iga to‘yingan qalblar kelgusida ana shu an’analarga sodiq bo‘ladi. Yurtimiz bolajonlarning zavqli kulgusiga to‘lsin! Bayraming muborak, bolajon!

 

"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216317
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24551
  • 19003
  • 12793
  • 15756