Ezgu amallar bardavom
11.7.2015 6318

Tinchlik — Yaratgan tomonidan insonga ato etilgan eng buyuk ne’mat. Uning zamirida ko‘ngil xotirjamligi, to‘rt ko‘z tugalligi, ozod va obod hayot mujassam. Musaffo osmon, farzand kulgusi, eng oliy, eng ezgu orzu - niyatlar ro‘yobi ana shu buyuk ne’mat tufaylidir.  Inson qadr - qimmati ulug‘langan yurtda, mamlakat obod, el turmushi farovon bo‘ladi.

               

Ana shu maqsadda 10 iyun kuni Toshkent shahar Ayollar markazida “Shayx Zayniddin” jome masjidi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.

               

Unda “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom noibi Qosimxon Boyxonov, Shayxontohur tumani bosh otinoyisi Feruza Sulaymonova hamda "Ayollar maslahat markazi" Toshkent shahar Shayhontoxur tumani bo‘limi rahbari Axmedova Dilbarxonlar yurtimizda davlatimiz tomonidan ijtimoiy muhofazaga qaratilayotgan e’tibor, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik ne’mati, bugungi kun shukronasi borasida so‘z yuritdilar.

                 

Tadbir so‘nggida ijtimoiy himoyaga muhtoj kimsalarga xayriya ehsonlari tarqatildi va ushbu Xayrli ishlarni tashkil etganlar xaqqiga duolar qilindi.

                  

                                                      "Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216302
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24550
  • 19003
  • 12792
  • 15756