Hashar — elga yarashar!
24.8.2015 10634

    Uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan hashar xalqimizning ming yillar osha qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri sanaladi. Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq xayriya xasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylandi.
   Mustaqilligimizning 24 yillik bayramini nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 12 avgustdagi farmoyishiga muvofiq avgust oyida mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda uning doirasida 22-23 avgust kunlari Respublikamizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida “Shayx Zayniddin” jome masjidida ham umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Hasharda masjidning barcha xodimlari, ishchi-xizmatchilar va masjidga yaqin mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar faol ishtirok etishdi. Masjid binolari, tahoratxonalari, atroflari, ularga tutash qabristonlar, olib boruvchi yo‘laklar hamda ziyoratgohlar ozoda holatga keltirildi.
    Isitish tizimzari, yong‘in xavfsizlik anjomlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi. Begona o‘tlar, ariq va zovurlardagi chiqindi va axlatlar olib tashlandi. Qabristondagi o‘rindiqlar, panjaralar bo‘yaldi, devorlar oqlandi, gul va dov - daraxtlarga shakl berildi. Ushbu xayriya hasharida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi.
    Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 24 yilligi arafasida o‘tgan ushbu tadbir xalqimiz yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, yaratish va bunyodkorlik zavqi bilan yashayotganini, buyuk kelajak, farovon hayot barpo etishga intilayotganini yana bir karra namoyish etdi.



“Shayx Zayniddin” jome masjidi matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216326
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24552
  • 19005
  • 12793
  • 15756