Kulgingdan yer orom oladi, bolam
9.7.2015 6332

 

       Bola borki, alam va qayg‘uni hech qachon yodda saqlamay, tezda unutib, har bir ishni o‘yin kulgi bilan bajaradi. Hayotda tassavvurlar va taassurotlar bilan yashaydi. Ularning samimiy kulgusi va quvonchi umidsiz qalblarga umid, maqsadsiz insonlarga esa oldinga intilish xohishini uyg‘otadi. Zero, bolaning kulgusi butun jaxonga quvonch taratadi.

    

Jajji qalb sohibi insonlarning boyligiga va kambag‘aligiga qarab munosabat qilmaydi, qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiladi. Uning qalbi qordek oppoq va buloq suvidek tiniq bo‘lib, unga nima aytsangiz ishonadi. Chindan ham beg‘ubor zurriyodlarimizga har doim e’tibor berish, ularning qalbiga quvonch ulashish biz kattalarning burch - vazifamizdir.  

     

An’anaga aylangan 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kunida   mamlakatimizda ham bolalar uchun ko‘plab tadbirlar, bayram tomoshalari uyushtiriladi. Istiqlol yillarida barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulug‘vor vazifaga jiddiy e’tibor qaratildi. Yurtimizda bolalarni himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Oila, mahalla, maktab hamkorligi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, mustaqilligimiz va tinchligimizga rahna soluvchi harakatlarga qarshi targ‘ibot - tashviqot ishlarini yil bo‘yi manzilli tashkil etishda hamda milliy qadriyat va urf-odatlarni yosh avlod ongiga singdirishda muhim omil bo‘lmoqda. Bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart - sharoit yaratish, qiziqishlari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish, sportga jalb qilish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilyapti.

  

Yildan - yilga yuksak darajada o‘tkazilib kelinayotgan mazkur bayram bu yil ham ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Butun respublikamiz bo‘yicha konsert dasturlari, tadbirlar, xayriya aksiyalari o‘tkazildi.

     

Aytish kerakki, har yili Toshkent shahri Shayxontoxur tumani bosh-imom xatibi va "Shayx Zayniddin" jome’ masjidi imomi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li rahbarligida ushbu kun mehr - muruvvat ko‘rsatish, bolalarga quvonch ulashish bilan qarshi olinadi. Xususan, bu yil 1 - iyun kuni munosabati bilan "Shayx Zayniddin" jome’ masjidi hamda “Muxlis.uz” sayti ikki kunlik xayri aksiyasini tashkil etdi. 

   

Birinchi kunda “Sayyod.com”ning “Faxrli inson” xayriya aksiyasida qatnashildi. Toshkent Gemotologiya institutida bo‘lib o‘tgan mazkur xayriya aksiyada Shayhontohur tumani Shayx Zayniddin jome’ masjidi imom noibi Qosimxon Boyxonov boshchiligida “Muxlis.uz” saytining besh nafar xodimlari donorlik qilishdi. Shu bilan birga, aksiyada “Muxlis.uz” saytining yuzga yaqin futbolkalari taqdim etildi va bemor bolalarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

           

Xayriya aksiyasining ikkinchi kuni jome’ masjidining mutavallisi Qobiljon Sobirov boshchiligida Toshkent shahar Shayhontohur tumanida joylashgan “G‘uncha durdonalari” nomli 321 - maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida davom etdi. U yerda yuzga yaqin bolajonlarga maxsus sovg‘alar hamda shirinliklar ulashildi. Shu bilan birga, ertak qahramonlaridan iborat sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

           

Ha, farzandlarning quvonchi cheksiz. Ularning kulgisi, shodligi quvonchini ko‘rib, yurakdan sevinasan kishi. Ana shu baxtiyorlik dunyo bolalarini hamisha sarmast aylasin, mudom ularning beg‘ubor kulgisidan yer yuzi oromlansin.

 

"Shayx Zayniddin" jome’ masjidi matbuot xizmati

 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216279
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24539
  • 19000
  • 12790
  • 15754