Ramazon 2015. Xatmona. Fototaassurot
Xabaringiz bor, joriy yil 18 iyundan boshlab ramazon oyini qarshi oldik. mamlakatimizdagi ko‘plab jome masjidlarida taroveh namozlari o‘qildi. Ularda Qur’oni karim tilovat qilinib, xatmonalar ado etildi. poytaxtimizning markaziy masjidlaridan biri “Shayx Zayniddin” jome masjidida 7 iyul kuni Qur’oni karim tilovati Odilxon qori Yunuxson o‘g‘li boshchiligida Hasan qori va Nasrullloh qorilar tomonidan tamomiga yetkazildi.
10 mingdan ortiq namozxon ishtirok etgan xatmonada bir qator diniy ulamolar, ustozlar, murattab qorilar va imom domlalar ishtirok etishdi. Xususan, Toshkent shahar bosh imom xatibi, ustoz Anvar qori Tursunov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi din ishlar bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi, ustoz Muhammad Bobur Yo‘ldosh domlalar tashrif buyurib, o‘zlarining ibratli nasihatlari bilan jamoatni xushnud etishdi.Ushbu kunning eng xayajonli va betakror onlari fotototaassurotlarda sizlarga havola etiladi.
"Shayx Zayniddin" jomke masjidi matbuot xizmati