Shayx Zayniddin jome masjidi jamoasi hasharda faol qatnashdi
16.3.2016 4698

     Hashar—xalqimizga xos bo‘lgan ozodalik, poklik, uyushqoqlik, bahamjihatlik ramzi. Ming yillardan beri o‘tkazib kelinadigan bu xayrli tadbir o‘zbek millatining obodlik va bunyodkorlikka bo‘lgan muhabbatining amaliy ifodasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
     12-13 mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari kuni, deb e’lon qilingan. Mamlakatimizning barcha korxona-tashkilotlar qatori Toshkent shahar Shayxontohur tumani Shayx Zayniddin jome masjidida ham hayriya xashari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
     Odilxon Ismoilov boshchiligidagi masjid jamoasi mazkur tozalik tadbirida faol ishtirok etdi. Masjid ichi, tashqarisidagi hududlar tozalandi, dov-daraxtlar shoh-shabbalar butalib, pokiza holga keltirildi. Shuningdek, qabriston hududida ham tozalash ishlari o‘tkazildi. Qabr yoqalari o‘t-o‘lanlardan tozalanib, tartibga keltirildi.

 

 

"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 69534
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

10250
  • 5781
  • 3749
  • 5755