Sahovatingizdan umidvorman!
Ma’lum sabablarga ko‘ra, boshqa uyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldik. Bizga ajratilgan yerga qurilish boshladik, ammo qo‘limiz yupqaligi uchun mablag‘ yetmay, qurilish ishlari to‘xtab qoldi. Uyni tiklab olishga moddiy imkonim umuman yo‘q: Turmush o‘rtog‘im 2012 yilda vafot etgan, 4 nafar qizim bor, ularning biri nogiron. Ro‘zg‘ordan orttira olmayapman. Hozir ijarada turibmiz.
Aziz sahovatpesha insonlar! Iltimos, imkoningiz bo‘lsa, bizga uyni bitkazib olishga yordam bering! Alloh davlatingizni ziyoda qilsin!
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Orifon ko‘chasi 33-xonadon.
Telefonlar: (94) 669-22-74, (97) 490-34-24, (93) 580-18-41
Sahovatingizdan umidvor Hakimova Mahfuza Ubaydullayeva.