Allohning go‘zal ismlarini o‘rganamiz
8.2.2017 7502

   As-Somad – Itoat qilinadigan ulug‘, hojatlarni ravo qiluvchi Zot. Usiz hech bir ish bitmaydi. Hammaning ehtiyoji Unga tushadi, U hech kimga muhtoj emas. Barcha turdagi ehtiyojlardan pokdir. Dorilarda shifoni, muolajada davoni yaratgan zot Udir. Butun maxluqot tugab bitsa ham, U boqiy qolur.
 

 

   Al-Qodir – Cheksiz qudrat sohibi. Istaganini istagan shakl­da qilishga kuchi yetadigan, hamma narsaga qodir Zot. Uning qudrati azaliy hamda abadiy bo‘lib, tasavvurga sig‘maydi va butun borliqni o‘z ichiga olgan. Koinotda Uning qudratini ko‘rmaslik mumkin emas.

   

Ahli sunna va jamoa: "Alloh taolo har bir bo‘lishi mumkin narsaga qodir. Bo‘lishi imkonsiz, amrimahol narsalarga esa aqlli odamlar ahamiyat berishmaydi", deydilar. Ba’zi bir fitnachi odamchlar musulmonlarning imoniga putur yetkazish uchun "Alloh o‘zi ko‘tara olmaydigan toshni ham yarata oladimi?" kabi bema’ni savollarni beradilar. Bu kabi narsalar amri maholdir va imonli kishilar ularga e’tibor qilmasliklari lozim.

 

Manba: www.irfon.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217007
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24595
  • 19059
  • 12829
  • 15800