Chin mo‘minlik ahillikdir
21.10.2016 5745

“Bugun biz boshimizdan kechirayotgan notinch va tahlikali zamonda turli mintaqalarda, yon-atrofimizda qarama-qarshilik va qonli to‘qnashuvlar tobora kuchayib borayotganini ko‘rib, kuzatib, beg‘amlik va beparvolikka yo‘l qo‘ymasdan, hushyorlik va uyg‘oqlik bilan yashashni hayotni o‘zi barchamizdan talab etmoqda”,

                                                                                                                                                                                                                         Islom Karimov

      Xalqimizning qon-qoniga, ongu shuuriga singib ketgan islom dini ham insonlarni o‘zaro ahil va inoq yashashga, bir-birlarini yaxshilikka boshlab, yomonlikdan qaytarishga undaydi. Azaldan xalqimiz bir-birlari bilan inoq, tinch-totuv hayot kechirishgan, yordamga muhtoj insonlar hech qachon e’tiborsiz qolmagan, ularga qo‘llaridan kelganicha yordam berib, mehr-muruvvat ko‘rsatib kelishgan. Ahillik, totuvlik tuyg‘ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Zero Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:

 

إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

 

     "Albatta, mo‘minlar dinda o‘zaro birodardirlar. Bas, sizlar ikki birodaringiz o‘rtasini tuzatib qo‘yingiz va Allohdan qo‘rqingiz, shoyad, rahm qilinsangiz." (“Hujurot” surasi, 10-oyat).
    Darhaqiqat, bu birodarlik din qardoshligi bo‘lib, dunyodagi barcha insoniy aloqalardan ustun turadi. Bu birodarlik Alloh uchun dinu - diyonat uchun. Islom - iymon uchundir. Va u o‘zaro muhabbat, tinchlik-omonlik va hamkorlik asosiga qurilgan bo‘ladi. Bu birodarlikka putur yetsa zudlik bilan isloh qilishga o‘tmoq kerak. Chin mo‘min boshqa birovga zarra miqdorda bo‘lsa ham ozor bermasligi lozim.
     Afsuski, bugungi kunda “chin” mo‘minlikni da’vo qilayotgan terrorchilar hali aqliy kamolotga yetmagan yoshlarni o‘z Vataniga, ota-onasiga qarshi qurol ko‘tarishga undamoqdalar. Zulm qilish, tajavvuzkorlik islom diniga mutlaqo zid tushunchalardir. Shu kunlarda Misr va Suriyada g‘alayonlar oqibatida minglab begunoh odamlar qurbon bo‘lmoqda. Buning boisi u yerdagi insonlarning ahil emasliklari, loqaydliklari, “Sen menga tegma men senga tegmayman” qabilidi ish tutishayotgani, turli oqim va firqalarga bo‘linib, o‘zlarini o‘zlari halok qilayotganlari desak xato bo‘lmaydi. Alloh taolo bandalarni o‘zaro tinchlikka va ahillikka da’vat etib shunday buyuradi:

 

وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا وَاذْكُرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ كُنْتُمْ أَعْدَاءً فَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِكُمْ فَأَصْبَحْتُمْ بِنِعْمَتِهِ إِخْوَانًا وَكُنْتُمْ عَلَى شَفَا حُفْرَةٍ مِنَ النَّارِ فَأَنْقَذَكُمْ مِنْهَا كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ آَيَاتِهِ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ

 

     "Hammangiz Allohning "arqoni"ni (Qur’onini) mahkam tuting va firqalarga bo‘linmang hamda o‘zaro adovatda bo‘lgan paytlaringizda dillaringizni (tutashtirib) oshno qilib qo‘ygan Allohning ne’matini yodda tuting. Uning ne’mati tufayli birodarlarga aylandingiz. Do‘zax chohi yoqasida turganingizda, sizlarni undan qutqardi. Shoyad haq yo‘lni topgaysizlar, deb, Alloh O‘z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi." (“Oli Imron” surasi, 103-oyat).
     Oyati karimadagi “Allohning arqoni” degan iboradan Qur’oni Karim tushuniladi. Jarga qulash xavfidagi inson arqonni mahkam ushlasa, qutulib qolganidek, do‘zax tubiga qulamasliklarining ham birdan-bir chorasi – Qur’oni Karimni mahlam ushlashlikdir. Shundagina inson najot topadi.
      Tinchlik, avvalo har bir kishining o‘zidan boshlanadi. Zero, Islom ko‘rsatmalariga amal qilgan inson qalbiga tinchlik-xotirjamlik o‘rnashadi. So‘ngra bu oilaga, oiladan mahalla va jamiyatga, so‘ng davlatga ko‘chadi. Befarqlik va loqaydlik insonni hayot yo‘lida o‘z yo‘lini topa olmay, adashib ketishlari uchun asosiy sababdir.
       Inson doimo ogoh bo‘lib yashashi kerak. Jamiyat a’zolari doimo bir-birlarini tushunib, o‘zaro kelishishlari va tafriqaga tushmasliklari kerak. Tafriqaga tushish, ya’ni ajralib qolish dinimizda harom sanaladi. Insonlar doimo ahil bo‘lib yashashlari, barcha ishlarda kengashib ish ko‘rishlari ularni turli xil oqimlarga qo‘shilmasliklari va haq yo‘lida sobitqadam bo‘lishliklarida asosiy omildir. Aytish kerakki, kattalarning eng ulug‘ vazifasi yoshlarni fikrlashga o‘rgatishdir. E’tiqod sog‘lomligi – xalq boyligi, aqida to‘g‘riligi esa – xalq tinchligidir. Aqida masalida yoshlar tafakkurini to‘g‘ri shakllantirish – yoshlar, qolaversa, butun jamiyatning hayoti va kelajagini mafkuraviy tahdid ta’siridan saqlab qolishdir.

     O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karmov ta’kidlaganlaridek: “Bugun zamon talab qilayotgan dunyoviy bilimlar bilan birga, inson hayotining ma’no va mazmunini anglatadigan, ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik kabi fazilatlatlardan saboq beradigan diniy bilimlarni ham puxta o‘zlashtirgan odamgina davrimizning keskin va murakkab savollariga javob topa oladi. Hozirgi vaqtda dunyoning uzoq va yaqin hududlarida, yaqin shaqr mintaqasida yuz berayotgan qarama-qarshilik va qonli to‘qnashuvlar, nizo va ziddiyatlarning tub ildizi ham aynan mana shunday keng bilim va tushunchaga ega bo‘lmaslik jaholat botqog‘iga botib qolish, aqidaparastlik bilan bo‘liq, desak, yanglishmagan bo‘lamiz”.
     Alloh taolo insonlarni ahil bo‘lishga, turli xil firqalarga bo‘linmaslikka, insonlarni yaxshikka buyurib, yomonlikdan qaytarishga buyurdi. Chin mo‘minlik ahillikdir. Ma’lumki, bizning diyorimiz dunyodagi eng tinch mamlakatlar sirasiga kiradi. Ana shu Yaratganning ne’matini asrash, ertangi kelajak uchun yetkazish uchun bugun har qachongidanda ogoh bo‘lmog‘imiz darkor.

 

 

Robiya Mannobjonova 

Xadichai Kubro bilim yurti 3-kurs talabasi 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217262
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24619
  • 19078
  • 12846
  • 15823