Davomat- dars samaradorligining mahsuli
20.3.2017 4383


   Istiqlol tufayli hozirda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, maktab va kollejlarda ko‘zning quvontiradigan sharoitlarni ko‘rib Yaratganga shukrlar aytasan. O‘zbekiston davlat byudjetining qarib 60%ini ijtimoiy sohalarga yo‘naltiradigan dunyodagi sanoqli mamlaktlar sirasiga kiradi. Yurtimizda yoshlar ta’lim olish uchun qabul qilingan dasturga muvofiq 9+3 sexmasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi ishlab chiqildi. Afsus, nadomatlar bilan aytish mumkinki, shunday shart–sharoitlardan unumli foydalanmay, ko‘chalarda foydasiz narsalarga mashg‘ul bo‘lib, maktab va kollejlarga bormayotgan yoshlarimiz uchrab turibdi. Bundaylarni ko‘rganda achinasan kishi. Axir, biz dunyoda faxrlansak arziydigan va andoza olsa bo‘ladigan olim fozil allomalar vorislarimiz-ku?

   Muhtaram yurtboshimiz Qashqadaryo viloyatiga tashriflari chog‘ida O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va viloyat bosh imom xatibiga darslarni qoldirib, muntazam ishtirok etmay kelayotgan talaba yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar berdilar. Ushbu ko‘rsatmalar asosida diniy xodimlar tadbirlar amalga oshirib kelmoqdalar.
Axir biz, jahon sivilizatsiyasiga hissalarni qo‘shgan olimlarga beshik bo‘lgan yurt avlodlarmiz–ku? Xatto momolarmiz ilm shu qadar rag‘batli bo‘lishgan-ki, beshikdagi go‘daklarni ilm majlisiga olib chiqib qo‘yib “ilm qo‘log‘iga kirsin”- deb yaxshi niyat qilishgan. Dunyoda bizni ajdodlarmiz kabi ilmga hayotini bag‘ishlagan millat bo‘lmasa kerak. Buyuk Allomalarmizni ilmga qo‘shgan hissalarni yillab maviza qilsak vaqtmiz yetmaydi.

   Vatandoshmiz Imom al-Buxoriy hayotlarini ilmga bahshida etib, “Ilmdan boshqa najot yo‘q va hech qachon bo‘lmaydi” deb, inson dunyo va oxiratini obod qilish uchun ilm izlashligi kerak ekanligini uqtirdilar. Shuningdek, “Yoshlikda o‘rganilgan ilm toshga bitilgan naыsh kabi mustahkam bo‘ladi” degan ham biznining ajdodlarmiz. Islom dinida insoniyatga ilk buyruq ilm bo‘lganligi hammamizga ma’lum. Demak, shunday yurtning farzandlarini ilmsiz omi bo‘lib qolishlikka haqqi yo‘q. Yoshlarimizning bahor mavsumidek bebaho davrlarini befoyda narsalarga berlishliklariga yo‘l qo‘ymasligmiz lozim.

   Ilm hoh diniy xoh dunyoviy bo‘lsin, pirovard natija Allohni tanishga olib boradi. Shu o‘rinda bir ibratli voqeani keltirib o‘tamiz: Mashhur yozuvchi Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanini yozish oldidan ko‘p yillar davomida O‘zbekiston musulmonlar idorasida faoliyat olib borgan marhum Shayx Ismoil Mahdum hazratlarini oldilariga maslahat olish uchun Namanganga keladilar.

   Suhbatlari mobaynida Abdulla Qodiriy Shayx Ismoil Mahdumdan yoshlarni dunyoviy ilmlarga qanday qiziqtirish kerakligi haqida maslahat so‘raydilar. Shunda u kishi Qur’oni karimning “G‘oshiya” surasidagi oyatlardan keltirib, “Axir, ular tuyalarga qarab, qanday yaratilganiga”, hayvonot ilmni (zoologiya) o‘rganishlikka,“osmonlarning qanday ko‘tarib qo‘yilganiga”, astronomiya ilmiga, “tog‘larning qanday tiklanganiga va” jug‘rofiya ilmiga, “Yerning qanday yoyib – tekislab qo‘yilganiga boqmaydilarmi?!” minerologiya ilmini o‘rganish kerak ekanligiga dalolat qiladi. Demak, yoshlarni ushbu oyatlar bilan qiziqtirishlik kerak deb, tavsiyalarni bergan ekanlar.

   Hozirda yoshlarni maktab va kollejlarda “ilmni insonlarni manfaati uchun o‘rganaman”, deb niyat qilsa, hadislarda ta’kidlanganidek ezgu ish bilan mashg‘ul bo‘lganni savobini oladi.

   Ustozlarimiz uqtirib o‘tishganidek; “dars” so‘zi arab tilida “درس”

“D” davomat- doim bo‘lish,

“R” riyozat qilish (tirishmoq),

“S” sog‘lom va salomat bo‘lmoq degan ma’noni anglatadi.

          Dars qoldirish go‘yo qand,
          Bir kun kelib berar pand.
          Bir soat dars qoldirish ilm zanjirin uzar,
          Bir kunlik dars qoldirish bilim qo‘rg‘onin buzar.
          Dars qoldirgan talaba
          Qozonmaydi g‘alaba,
          Dars qoldirib suyuntirma shaytonni,
          Ilm olib rozi qilgin Rahmonni.

   Shu o‘rinda muhtaram yurtboshimizning yuqoridagi tavsiyalariga asosan kelajigimiz vorislarini tarbiyasiga jiddiy yondoshmog‘imiz, ularda kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbatni jonlantirmog‘imiz va kitob mutolaasini shakllantirishga harakat qilmog‘imiz lozim.
   Albatta shu yo‘ldagi ezgu ishlarimiz Alloh taoloning “O‘qi” degan buyrig‘iga javobimiz bo‘ladi.

 

Obidxon IKRAMOV,

O‘MI Namangan viloyat
vakili o‘rinbosari,
“Hidoya” o‘rta maxsus islom
bilim yurti o‘qituvchisi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217733
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24659
  • 19120
  • 12871
  • 15854