Do‘stlik haqlari
20.3.2017 5409


   Ikki kishi do‘st bo‘lganda ularning orasida do‘stlikning haq-huquqlari va mas’uliyatlari paydo bo‘ladi. Ulamolarimiz mazkur haqlar sakkiztadan iborat ekanini aytganlar
Ular qyidagilar:                                                                                                                                                                  

   Birinchi haq: moldagi haq.

   Do‘stlarning do‘stligi tugal, maqsadlari bir bo‘lsa, xuddi bir shaxsga o‘xshab qoladi. Bu esa o‘z navbatida xursandchilik va xafachilikda, hozirda va kelajakda sherik bo‘lishni taqozo qiladi. Bu sheriklik molu dunyoga ham tegishli bo‘lib qoladi. Molu dunyo masalasida do‘stlarning munosabati uch darajaga taqsimlanadi:                                                                                   

   Birinchi daraja: Mol egasi do‘stni o‘z xodimi bilan barobar ko‘radi. Unga o‘zidan ortib qolgan molni sarflaydi. Do‘stining hojati tushib qolsa, so‘ramasidan oldin o‘zidan ortib turgan molini unga beradi.                                                              

   Ikkinchi daraja: Mol egasi do‘stini o‘z o‘rnida ko‘radi, uni moliga sherik qiladi. Molining yarmini do‘stiniki deb biladi.

  Uchinchi daraja: oliy daraja bo‘lib, unda mol egasi do‘stini o‘zidan ustun qo‘yadi. Molini o‘z hojatidan avval do‘stining hojati uchun sarflaydi. Bu siddiqlarning darajasidir.

   Ikkinchi haq: hojatini chiqarishda yordam berish.

   Bu ishning ham avvalgisiga o‘xshab darajalari bor. Uning eng past darajasi yordam so‘ralganda qudrati yetsa ochiqyuzlik, surur va xursandchilik bilan yordam berish. Salafi solihlardan ba’zilari o‘z do‘stining vafotidan keyin qirq yil uning bolalari va ahli ayolidan xabar olib turgan.
Do‘stlardan doimo xabar olib turish kerak.

   Uchinchi haq: tilni tiyib, sukut saqlash.

   Bunda banda do‘stining ayblari haqida gapirishdan, uni g‘iybat qilishdan, u bilan talashib–tortishishdan va uning haqida chaqimchilik qilish hamda yomonligi haqida tilini tiyib, sukut saqlaydi. Aybini yashiradi.

   To‘rtinchi haq: til bilan nutq qilinishi lozim narsalar.

   Bunga quyidagilar kiradi

1. Do‘stini yaxshi ko‘rishini unga aytishi

2. Do‘stining oldida ham, orqasidan ham faqat unga yoqadigan ismi bilan atashi.

3. Do‘stining bor fazilatlari bilan odamlarga uni maqtashi.

4. Do‘sti haqida yoqimsiz gap eshtitganida, darhol uni himoya qilishi.

5. Bilmagan narsasini ta’lim berishi.

6. Kerak bo‘lganda nasihat qilib turishi.

   Beshinchi haq: Do‘stning xatolarini afv qilish.

   Ibrohim Naxa’iy rahmatullohi alayh: «Do‘sting gunoh ish qilgani uchun undan aloqani uzma, bugun gunoh qilsa, ertagan uni tark qilish bor», degan.

   Oltinchi haq: do‘stning haqiga duo qilish.

   Kishi o‘z do‘sti haqiga uning tirikligida ham, vafotidan keyin ham duo qilib turish mas’uliyatidadir. O‘zi uchun nimani so‘rasa, do‘sti uchun ham shuni so‘rab duo qiladi.
Abu Dardo roziyallohu anhu: «Men yetmishta do‘stimga sajdamda nomlarini aytib duo qilaman», degan.

   Yettinchi haq: do‘stga vafodor bo‘lish va unga ixlos qilish.

   Anas roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon o‘zlariga biror narsa keltirilsa, buni Fulonaning uyiga olib borib beringlar. U Xadiyjaning dugonasi edi», derdilar», deyilgan.
Ibn Uyyayna rahmatullohi alayh: «O‘ttiz yil oldin firoqiga uchragan do‘stlarimning hasrati hali ham xayolimdan ko‘tarilgani yo‘q», der edilar.

   Sakkizinchi haq: yengillik ila aloqaga kirishib, ortiqcha takallufni tark qilish.

   Junayd rahmatullohi alayh aytadi: «Ikki kishi Alloh uchun do‘st bo‘lsayu, ulardan biri boshqasidan tortinsa yoki uyalsa, albatta, ikkisidan birida illat bo‘ladi».

 

   ODILXON qori YuNUSXON O‘G‘LI

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217696
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24655
  • 19113
  • 12865
  • 15848