Fitratimiz Alloh himoyasida
4.11.2016 6203

   “Inson vujudi elektrokimyoviy tizim bo‘lib, unga ta’sir o‘tkazadigan mexanizm ishlab chiqilgan. Bu mexanizm miyadagi elektromagnit to‘lqinlarning normal tarqalishini to‘xtatish orqali odamning xatti-harakati va fe’l-atvorini o‘zgartira oladi. Natijada, ma’lum vaqt ichida inson biorobotga aylantirilishi mumkin”, deb yozadi “Microway News” jurnali bosh muharriri Luis Slayzen.
    Bugungi kunda kompyuter inson miyasining faoliyatini aniqlab, ekranda ko‘rsatishi, ayni paytda, miyani nazorat qiluvchi to‘lqinlar tarqatishi mumkin. Zehn nazorati bilan bog‘liq bunday tadqiqotlar uzluksiz davom ettirilmoqda. Bir paytlar shu maqsadda odamlar boshiga elektronlar joylashtirib, tajribalar o‘tkazilgan bo‘lsa, hozirga kelib bu amaliyot kabellarsiz amalga oshirilmoqda.
    Ma’lumotlarga ko‘ra, Sovet Ittifoqi qulashidan oldin Toshkentda folbin va ekstrasenslar faoliyatini o‘rganish uchun ilmiy markazlar tashkil qilingan. Ularni folbin va ekstrasenslar miyasi ishlab chiqargan elektromagnit to‘lqinlarning mijozlarni qanday boshqarishi qiziqtirgan. Tadqiqotlar natijasida gipnozchi yoki ekstrasens o‘zi ishlatgan baraban tovushi (yoxud o‘z ovozi) to‘lqinlari bilan mijoz miyasi to‘lqinlari orasida muvofiqlik topishi, keyin duo o‘qib, duo ichidagi buyruqlarni mijoz miyasiga joylashtirishi aniqlangan. Buni “neyrolingvistik dasturlash” deyiladi.
   Neyrolingvistik dasturlash usullarini ko‘pincha distribyutorlar (dori, kosmetika va hokazo tarqatuvchilar) tayyorlash markazlarida, “rep” musiqasida, reklamalarda, aksariyat filmlar va televizion dasturlarda ko‘rish mumkin.
   Rossiyaliklar va amerikaliklar fazodan yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri gallografik tasvir uzatilishi loyihasini ishlab chiqqaniga ancha bo‘ldi. Bugun bunday rasmlar 100–150 kilometrlik diametrdagi maydonda ko‘rsatilib, muayyan maqsadlarga xizmat qilishi mumkin.
    Olimlarning aytishicha, psixotron va psixotrop texnologiya atom bombalaridan xam xavfli. Ya’ni, berilgan har qanday buyruqni bajaradigan “zombilar ishlab chiqarish texnologiyasi”dir. Bu bir kishi yoki bir guruhga emas, balki butun millatga qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgani uchun ham xatarli.
     Qizig‘i shundaki, bu dahshatli tadqiqotlarni amalga oshirgan kishilar fikriga ko‘ra, psixotrop va psixotron qurollarning ta’siridan faqat imon egalarigina omon qolishadi. Imonli odamni gipnoz bilan ham, elektromagnit to‘lqin bilan ham nazoratga olish imkonsiz. Bu haqiqat tadqiqotlar so‘ngida aniq-ravshan ma’lum bo‘lgan. Masalan, izlanishlardan birida gipnoz ostiga olingan odamga bir kishini o‘ldirish buyurilgan, ammo u pichoqni ushlaganida qo‘li tortishib qolgan. Demak, qotil bo‘lmagan kishi gipnoz ta’sirida ham odam o‘ldira olmaydi, haromdan o‘zini saqlagan haromga yaqinlashmaydi, yolg‘onchi bo‘lmagan kimsa yolg‘on so‘zlolmaydi, xoin bo‘lmagan odam xiyonat qilolmaydi, imonli inson kufrga bormaydi.

“Albatta, imon keltirgan va faqat Parvardigorlariga tavakkul qiladiganlar ustidan u(shayton) uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo‘qdir. Uning hukmronligi faqat uni do‘st tutib, Unga shirk keltiruvchilar ustidandir” (Nahl, 99–100).

Mirkamol Mirhabibov,
Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti I bosqich talabasi

Manba: www.irfon.uz  

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217288
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24622
  • 19081
  • 12847
  • 15826