Hasadning kasri
29.10.2016 6130

    Dinimiz biron narsadan qaytarsa, undan qanday qaytish haqida ham kerakli ko‘rsatmalarni bergan. Masalan, hasad qilmaslik lozimligini ta’kidlangach, undan qanday saqlanish, hasadning zararlaridan yiroq yurish borasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilgan. Jumladan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadisi shariflarida ajoyib irshodlar kelgan.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ إِذَا نَظَرَ أَحَدُكُمْ إِلَى مَنْ فُضِّلَ عَلَيْهِ فِي الْمَالِ وَالْخَلْقِ فَلْيَنْظُرْ إِلَى مَنْ هُوَ أَسْفَلَ مِنْهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ.

 

    Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Sizlardan biron kishi mol-dunyo hamda tana tuzilishida o‘zidan ustun odamni ko‘rsa, o‘zidan pastdagilarga nazar solsin”, deganlar (Buxoriy, Muslim va Ahmad rivoyat qilgan).
      Mol-dunyo, deganda boylik, tijorat, savdo-sotiq, hisob raqamidagi pullar, yer-mulk, uy-joy, chorva hayvonlari tushuniladi. Tana tuzilishi ko‘z, qosh, lab, oyoq-qo‘llarning umumiy ko‘rinishidir. Ushbu hadisda hasad illatining davosi nimada ekani ochiq bayon etilmoqda. Zero, agar banda o‘zidan ustunroq odamni ko‘rsa, unda hasad paydo bo‘ladi. Buning davosi o‘zidan pastdagilarga qarashdir. Shunda o‘zidagi ne’matlarga shukr qiladi.
     Amr ibn Shuayb otasidan, otasi bobosidan marfu’ tarzda rivoyat qilgan hadisda shunday deyilgan: “Kimda ikki xislat bo‘lsa, Alloh uni shukrli va sabrli (banda sifatida) yozadi: Kim dunyosida o‘zidan pastdagilarga qarab, Alloh u sababidan afzal qilib qo‘ygan (tasarrufidagi bor) narsalarga shukr qilsa, kim dinida o‘zidan yuqoridagilarga qarab, unga iqtido qilsa (ergashsa, ana o‘sha sabrli-shukrli bandadir)” (Manba: Ibn Hajar, “Fathul boriy”).
    Demak, bir odam o‘zidan boyroq, farovon hayot egasini ko‘rib qolsa, unga havas yoki hasad ko‘zi bilan qaramaydi, o‘zining holidan nolimaydi, balki iqtisodiy jihatdan o‘zidan ancha pastroq, kambag‘alroq, qashshoqroq odamlar ham borligini o‘ylaydi, boriga shukr qiladi. Bu borada balandga qaragan sari odamning boshi aylanadi, ko‘zi tinib ketadi. Boylik, mol-dunyo to‘plashda nuqul tepaga qaragan odam noshukr bo‘ladi, doim birovdan ortda qolishdan qo‘rqib, xavotir ichida yashaydi. Bunday odam o‘zidan boyroq kishini ko‘rib qolsa, xayoli buziladi, ikki qavatli uyga ega bo‘la turib, uch qavatli qasr qurgisi kelib qoladi. Ikkita mashinasi bo‘lsa, 3-4 ta qilgisi keladi. Orzu-havasning oxiri yo‘q. Inson umri tugashi mumkin, lekin hoyi havaslar sira tugamaydi, dunyo shahvatlarining, o‘tkinchi lazzatlarning cheki yo‘q. Birini qondirsangiz, ortidan boshqasi chiqib kelaveradi, eng so‘nggi rusum deb mashina olsangiz, ertaga undan yangisi chiqaveradi. Xullas, bu borada o‘zidan pastdagilarga qaragan, o‘z holidan shukr qilgan, boriga qanoat qilgan insongina o‘zi istagan xotirjamlikka erisha oladi, qalbi bezovtalikdan yiroq bo‘ladi.
    Tana tuzilishi haqida ham shunday deyish mumkin. Alloh taolo bandalarini turlicha shakl-shamoyilda yaratgan: birin oq, birini qora, kimnidir bug‘doyrang qilib xalq etgan. Kimnidir chiroyli, kimnidir ko‘rimsizroq qilib yaratgan. Bu – Alloh taoloning hikmati. Tana tuzilishini hech kim o‘zgartirolmaydi, ko‘z-qosh, burun, bosh, qo‘l-oyoqlarning umumiy ko‘rinishini pardoz bilan qisman o‘zgartirish, chiroyliroq qilish mumkindir, biroq Alloh yaratgan asl xilqatni tag-tugi bilan o‘zgartirishning imkoni yo‘q. Shunday ekan, inson o‘zining qiyofasidan rozi bo‘lishi, shariat ruxsat bergan tarzda poklikka, chiroyli bo‘lishga harakat qilishi kerak. Shuningdek, o‘zidan chiroyliroq, ko‘rkamroq odamlarni ko‘rganda, o‘zidan xunuqroq, ko‘rimsizroq odamlar ham borligini eslab turishi lozim. Shunda Allohning taqdiriga rozi bo‘ladi, ko‘ngli taskin topadi. Agar faqat tepaga, chiroyli odamlarga qarab, o‘zini kamsitilgandek his etaversa, hayoti risoladagidek o‘tmaydi, doim g‘am-anduhda yuradi. Yetmaganiga birovlarga hasad qilib gunohga ham botadi.
    E’tibor bersangiz, hasadchi Allohning taqdiriga qarshi chiqmoqchi bo‘ladi, qazoi qadardan noliydi, “Ey Alloh, falonchiga nega bu ne’matni berding, uni boy qilib qo‘yding, tan-jonini salomat qilding, ilm-ma’rifat berding”, deb Allohga “arz” qiladi. Qalbidan hasad illati bor odamning dili siqiladi, ko‘ngli bezovta bo‘ladi. Chunki birovlarning muvaffaqiyati uning oromini o‘g‘irlaydi, tinchini buzadi. Qalbdagi hasadni chiqarib tashlamaguncha inson komil mo‘min bo‘lolmaydi, tinch-xotirjam yasholmaydi. Hasadni qalbdan chiqarish uchun nabaviy ko‘rsatmalarga amal qilish talab etiladi.

 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: انْظُرُوا إِلَى مَنْ هُوَ أَسْفَلَ مِنْكُمْ وَلاَ تَنْظُرُوا إِلَى مَنْ هُوَ فَوْقَكُمْ فَإِنَّهُ أَجْدَرُ أَنْ لاَ تَزْدَرُوا نِعْمَةَ اللهِ عَلَيْكُمْ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ.

 

 

      Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “O‘zingizdan pastdagilarga qaranglar, yuqoridagilarga qaramanglar! Zero, bu Allohning sizlarga (bergan) ne’matlarini past sanamaslik uchun munosibroqdir” (Muslim, Termiziy va Ahmad rivoyat qilgan).
      Imom Hokim – Abdulloh ibn Shixxirdan – marfu’ tarzda rivoyat qilgan hadisda: “Boylarning oldiga kamroq kiringlar! Zero, bu Alloh sizlarga (ato etgan) ne’matlarni past sanamasligingiz uchun munosibroqdir”, deyilgan.
      Hadisdan olinadigan xulosalar:

 

1. Inson mol-dunyoda, moddiy ne’matlar bilan ta’minlanganlik jihatidan o‘zidan pastdagilarga qarashi kerakligi.

 

2. O‘zidan boyroq, mansabi ulug‘roq, chiroyliroq odamlarga qarab, ularga g‘ayrlik qilish durust emasligi.

 

3. Allohning ne’matlarini kichik sanash noma’qul ish ekani.

 

4. Odam o‘zidan yuqoridagilarga qarasa, qalbida mol-dunyoga, mansab-martaba va dunyoviy ashyolarga hirs uyg‘onib, qo‘lidagi ne’matlarni past sanashi, o‘z holidan nolishi va kimgadir hasad qilishi.

 

5. Agar o‘zidan kambag‘alroq odamlarga ibrat bilan nazar solsa, Alloh unga bergan ne’matlarni ulug‘ bilib, boriga shukr qiladi, Allohga hamdu sanolar aytadi, holidan norozi bo‘lmaydi. Bu shokir bandalarning xususiyatidir.

 

    Xullas, har bir inson boshqa ma’naviy jinoyatlardan xalos bo‘lish barobarida, hasad kabi katta illatdan ham qutulishi shart. O‘shandagina el-yurtimizda xayr-baraka ko‘payishidan umid qilsak bo‘ladi.

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218615
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98107
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47139
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45552
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24735
  • 19193
  • 12926
  • 15929