Islomdan hijrat - abadiy kulfat
22.9.2016 7147

    Hijrat tushunchasi. Ushbu so‘z bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish ma’nosini anglatadi. Ansorlar Madinaga qaytgach, islom dini keng quloch otib yoyila boshladi. Musulmonlarning madinaliklar bilan ittifoq tuzganidan va bu ittifoq o‘zlariga qarshi qaratilgan kuch ekanidan xabar to‘gan mushriklar ’ayg‘ambar alayhis-salom bilan sahobalarga ilgarigidan yomonroq zulm o‘tkaza boshlashdi. Vaziyat yomonlashganidan tashvishga tushgan Rasululloh musulmonlarni Madinaga ko‘chishga buyurdilar. 
      Musulmonlar quraysh mushriklarining to‘sqinlik qilishlari andishasida yakka-yolg‘iz yo‘lga chiqdilar. Qalblari yaratganning muhabbati bilan limmo-lim to‘lgan musulmonlar Ollohga ibodat qilish, islom dinini turli tajovuzlardan asrash uchun tug‘ilib o‘sgan maskanlaridan bosh olib keta boshladilar. Ular Alloh taolo va ’ayg‘ambar alayhis-salomning roziligi uchun kindik qoni to‘kilgan zamindan, ota-ona, bola-chaqalaridan ayrilishga ham rozi bo‘ldilar. Mana shu islom dinidagi ilk hijratdir. 
    Hijrat ikki hil bo‘ladi. Birinchisi: din va hayot yo‘lidagi oshiriladigan makoniy hijrat bo‘lib bu to‘g‘risida juda ko‘’ oyat va hadislar vorid bo‘lgan. Ikkinchisi: Gunoh ma’siyatlarni tark qilish uchun qilingan hijrat. 
    Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollalohu alayhi vasallam: “Hijratning eng afzali Robbing yomon ko‘rgan narsani tark qilmog‘ingdir” deganlar. 
    Bugungi kunda hijrat tushunchasi aqida’arast oqimlar tomonidan o‘z mafkuraviy qarashlarga mos ravishda talqin qilinmoqda. Shu sababli Hijrat masalasi ham o‘ta nozik masalalardan hisoblanadi. Turli g‘arazgo‘ylar bu masalani ham ishga solib kishilarimizning boshini aylantirib, turli noxushliklarga giriftor qilishga urinishadi. 
     Aqiydada haddan oshib g‘uluvga ketganlar “hijrat qilmaganlar kofirdir” degan gapni odamlar ichida keng tarqatishgan. Kofir yurtda yoki dorul harbda turish kufrdir, hijrat qilish farzdir degan fikr uqtirilgan, xolos. Ammo qaysi dalil buni taqozo qilishini va eng muhimi, hijratning qayerga qilinishining bayoni kelmagan. Aslida esa, bu fikrni oldinga surganlarning boshliqlari quyidagi dalillarni keltiradilar. 
     Alloh taolo “Niso” surasida: “O‘ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: “Nima qilayotgan eding-lar?” – derlar. Ular: “Er yuzida bechora edik”, derlar. “Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz bo‘lmasmidi?!” – derlar. Ana o‘shalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy!” degan (97-oyat). 
     Hakim ibn Muoviyadan, u otasidan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam: “Musulmonning barchasi musulmonga haromdir. Ular ikki bir-biriga yordamchi birodardirlar. Alloh Azza va Jalla mushrikdan, musulmon bo‘lganidan keyin toki u mushriklarni tark qilib musulmonlarga kelmagunicha, amalni qabul qilmaydi”, dedilar”. Nasaiy va Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 
     Ularning gaplariga raddiya: Ular dalil qilib keltirayotgan oyat va hadis qo‘rqitish mahnosidagi matnlardandir. Bu kabi oyat va hadislardan hukm chiqarish uchun asl hukmlarga qaytiladi. Asl hukm bo‘yicha, ahli tavhid do‘zaxda abadiy qoladigan kofir bo‘lmaydi. 
     Imom Muhammad ibn Ismoil as-Sanhoniy o‘zining “Subulus Salom” nomli mashhur kitobida yuqoridagi hadis va uning mahnosidagi boshqa hadislarni sharhlab bo‘lganidan keyin, quyidagi hadisning sharhida aytadi: 
     Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Fathdan keyin hijrat yo‘q”, dedilar”. Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan. “Bu hadis umumiy va o‘zidan oldin kelgan hijratga dalolat qiluvchilarini nasx qiluvchidir, deydilar. Shu bilan birga, Nabiy sallallohu alayhi vasallam musulmon bo‘lgan arablarni O‘zlari tomon hijrat qilishga amr qilmaganlar va o‘z yurtlarida turishlarini inkor qilmaganlar”. Bu takfirchilarning gapiga kuchli raddiyadir. 
     So‘ngra imom Sanhoniy Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning musulmonlarning rahbari sifatida boshqalarga taklif qiladigan ishlari haqidagi rivoyatni keltirgan va quyidagi jumlaga urg‘u bergan: “Agar ular hijrat qilishdan bosh tortsalar va o‘z diyorlarida turmoqni ixtiyor qilsalar, ularga bildirkim, alar xuddi musulmon ahrobiylar kabi bo‘lurlar, ularga ham mo‘minlarga joriy bo‘lgan Allohning hukmlari joriy bo‘lgay”. 
     Mazkur toifaga kuchli raddiyalardan yana biri quyidagi oyati karimadir. Alloh taolo “Anfol” surasida: “Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan, Allohning yo‘lida molu jonlari bilan jiddi jahd qilganlar va joy berib, yordam ko‘rsatganlar, ana o‘shalar bir-birlariga valiydirlar. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, siz hech valiy bo‘la olmassiz. Agar ular sizdan dinda yor-dam so‘rasalar, yordam bermog‘ingiz vojib. Faqat, siz bilan o‘rtalarida ahdnoma bor qavm ziddiga emas. Alloh nima qilayotganingizni ko‘rguvchi zotdir”, degan (72-oyat). 
     Ushbu oyatda Alloh taolo mo‘minlarning bir necha sinflarini zikr qilmoqda: 

 

1. Hijrat qilganlar. 

 

2. Joy berib,yordamko‘rsatganlar. 

 

3. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlar. 

 

     Bularning hammasini Alloh taoloning O‘zi “mo‘minlar” deb atamoqda. Albatta, hijratga tegishli oyat va hadislar faqat yuqorida zikr qilinganlaridangina iborat emas. Bu masala bo‘yicha ularning hammasini o‘rganib chiqqan ulamolar bu hukmni batafsil bayon qilganlar. 
     Muxtasar bo‘lishi uchun Kuvayt Vaqf va Islomiy ishlar vazirligi nashr etgan “Fiqh ensiklopediyasi” da bayon qilingan so‘zlarni keltiramiz: “Musulmonning dorul harbda muqim turishi uning Islomiga futur yetkazmaydi. Faqat, dini xavf ostida qolgandagina bundan mustasno. Yahni, dinini oshkora zohir qilish imkoni qolmasa, hijrat qilish lozim bo‘ladi. Allohning “Niso” surasidagi “O‘ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: “Nima qilayotgan edinglar?” derlar. Ular: “Er yuzida bechora edik”, derlar. “Allohning yeri keng edi-ku, hij-rat qilsangiz bo‘lmasmidi?!” derlar”, degan oyatiga binoan (97-oyat). Bu hukm ojiz va bemor bo‘lmaganlar hamda turishga majbur qilinmaganlar uchundir. Ammo fitnadan qo‘rqmasa va dinini izhor qilish imkoni bo‘lsa, uning uchun dorul islomga hijrat qilish mustahab bo‘ladi. Uning hijrat qilishi vojib emas. Kuvayt Vaqf va Islomiy ishlar vazirligi nashr etgan “Fiqh ensiklopediyasi”dan keltirilgan misolda gap dorul harb–musulmonlarga qarshi urush ehlon qilgan diyorda yashab turgan musulmonlar haqida ekanini yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz". 
     Hozirgi kunda deyarli barcha mamlakatlar o‘rtasida tinchlik sulhlari tuzilgan. Bu yerlarda yashab turgan musulmonlarni qanday qilib kofirga chiqarish mumkin. 
Hamasr ulamolarimiz aslida nomusulmon bo‘lgan g‘arbiy davlatlarda musulmonlarning yashashlari, ishlashlari va o‘sha davlat fuqarolari bo‘lishlariga fatvo berganlar. 
     Bas, shunday ekan, aslida musulmon bo‘lgan yurtlarda namozini o‘qib, ro‘zasini tutib, boshqa o‘ziga farzi ayn bo‘lgan hukmlarga amal qilib yurgan musulmonlarni “Hijrat qilmasang, kofir bo‘lasan!” deyish qayerdan chiqqan?! 
    Ikkinchidan, avval ham aytib o‘tganimizdek, “Hijrat qilmagan kofir bo‘ladi” deb aytayotganlarning o‘zlari qayerga hijrat qilishni aytib bera olmaydilar. Zotan, ularning fikriga binoan, hozir hamma mamlakatlar dorul kufr. Ular o‘zlari qurgan harbiy qarorgohlarga hijrat qilishni va o‘sha yerdan hujum uyushtirib, o‘zlari reja qilayotgan xayoliy davlatni qurishni taklif qiladilar. Ana, gap qayerda!” 
    Alloh taolo esa har bir inson o‘z ona yurtiga sodiq farzand bo‘lishi lozim ekanini bizga uqtiradi. Bu esa “Hijratchi”larga to‘g‘ri yo‘lni tanlab olishlariga turtki bo‘lishi shubhasizdir. 
    Demak, Yaratganning eng buyuk ne’mati, biz yashab turgan olamning eng ajoyib mo‘’jizasi bo‘lmish inson hayotiga tajovuz qilishga qaratilgan har qanday ko‘rinishdagi tahdidlar katta gunoh ekan, har bir kishi bu ne’matni asrab avaylashi, unga xiyonat qilmasligi lozim bo‘ladi. Alloh taolo barchamizni to‘ri yo‘lda sobitqadam aylasin! 


Xadichai Kubro ayol-qizlar bilim yurti 4 kurs talabasi Hamzaliyeva Mohidil

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217231
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24617
  • 19075
  • 12844
  • 15820