Jannatiy ayol haqida so‘z
28.7.2016 19982

“Jannatga kirdim. Qadam tovushlarini eshitdim. Qarasam, oldimda Rumayso turibdi”-dedilar Rasululloh sollollohu alayhi vasallam.

 

    Bu jannatiy ayol sabrda tengsizligini kelgusi ummat ayollariga isbotlab bergan. Rasululloh sollollohu alayhi vasallamga hizmatni sharaf bilib, o‘g‘liga Rasulullohni sirlarini doim saqlagin deya uqtirgan. Ajib tabiatli, mahrini Islom qilib olib tarixda o‘zidek qimmatli mahr oluvchi ayollar bo‘lishiga undagan sahobiya ayol (Rumayso) Ummu Sulaym roziyallohu anho 

   Rumayso roziyallohu anho, qarindoshlikda Najjor urug‘i bilan Rasululloh sollollohu alayhi vasallamga tutashadi. Madinalik aslzoda ayollardan. Islom nafasi Madinaga borgan ilk onlarida iymonga kirgan va muslimalar qatoridan joy olgan.
   Turmushlari Anas roziyallohu anhuning otasi Molik ibn Nazr bilan boshlangan. Ammo Molik islomni qabul qilmay ularni tashlab Shomga ketadi va o‘sha yerda vafot etadi. Shundan so‘ng Ummu Sulaym roziyallohu anho Anas roziyallohu anhu ulg‘ayguncha turmush qurmaydilar. Anas roziyallohu anhuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hizmatlari uchun beradilar va qattiq tayinlaydilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qalbing bilan hizmat qilgin deya. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iltimos Anasning haqqiga duo qiling deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga:

 

-“Allohim Anasning moliga, bolalariga, va yana O‘zing ato etgan barcha narsalarga Baraka bergin”- deb duo qilganlar.

     Abu Tolha hali musulmon bo‘lmay Ummu Sulaym roziyallohu anhuga sovchi qo‘yadi. Ammo Ummu Sulaym roziyallohu anho unga

 

- Albatta men senga turmushga chiqardim ammo, sen musulmon emassanda ey Abu Tolha, deydilar.

Shundan so‘ng Abu Tolha ey Rumayso bu ne hol? Mening oltin-kumushlarim qayoqdayu sen qayoqda deydi. Ummu Sulaym roziyallohu anhu esa:

 

- Menga oltin-kumushlar kerak emas. Sen na eshitadigan, na ko‘radigan, falon qabilaning quli bo‘lgan duradgor yasab bergan yog‘ochga ibodat qilishdan uyalsangchi! Agar sen Islomni qabul etsang, men oladigan mahrim shu bo‘ladi. Men sening oltin-u kumushlaringdan kechaman- deydilar.

   Shu on Abu Tolha o‘zidan uyaldi Alloh qalbiga Islomni tarixga ibrat, ummmatga o‘rnak qilarli holda joylab qo‘ydiki, bu yerda Ummu Sulaymning shijoatini eslab ibratlanaveramiz. Chunki Abu Tolha aslzoda, boy va qavmining oliy nasab kishilaridan edi. Agar u istasa qavmi unga qizlarini berishga rozi bo‘lar edi.
   Sadoqatda va sabrda ham bir o‘rnak edi Ummu Sulaym roziyallohu anhoning hayoti. Abu Tolha bilan o‘g‘il ko‘rgan edilar. Ammo bu go‘dak bir kun hastalanib qoldi. Shu kunlarda esa Abu Tolha roziyallohu anhu g‘azotga ketishlari kerak edi. Ummu Sulaym roziyallohu anhu uni qalbini hotirjam qilib g‘azotga jo‘natdi. Ammo farzandlari Abu Tolha qaytgan kecha vafot etdi. Kelgan onidayoq farzandining holini so‘ragan Abu Tolha roziyallohu anhuga;

 

- U uxladi, duo qilamanki shoyad uyqusi rohatli bo‘lsa- dedilar Ummu Sulaym roziyallohu anho.


    Bu sabr va matonatni, ummat ayollarining mumtoz etiladigan ajib hilqatini ochib bergan ayolni hamon tarix sog‘insa ajab emas. Ha Ummu Sulaym roziyallohu anho o‘sha kecha jufti charchab kelganini bilar, unga hizmatni azadan afzal ko‘rgan, undan duo olishni kechiktirmagan ayol edilar. Shu kechaning tongi otganda Abu Tolha roziyallohu anhuni uyg‘otar ekanlar:

 

- Ey Abu Tolha, turing hammani janozaga chaqiring, omonat egasiga qaytarildi. Alloh bizga o‘g‘ilni omonat bergan edi. Endi o‘sha omonatni qaytarib oldi…

    Bu gaplar ummat ayollariga ibrat o‘laroq tarixda qolgandir. Sabrda ajib bir namuna, iymonda sobit, juftining hizmatiga oshiqqan ayol. Ayni shu vaqtda esa joni og‘rib dunyoga keltirgani, yuragining parchasi jasadiga ko‘rpa yopib erining charchog‘ini chiqargan ayoldir Ummu Sulaym roziyallohu anhu. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam bejiz uni duo qilmagandilar. O‘sha kecha Alloh ularga baraka berdi va ko‘p o‘tmay ular Abdulloh ismli o‘g‘il ko‘rishdi.
   Tarix shunday ayollarga guvoh bo‘lgan. Ummat ayollarini vasfda tengsiz ekanliklariga yana guvoh bo‘lgandir bu tarix. Imom Buxoriyning onalari ham ana shunday tengsiz sifatli edilar. Shu sabab Buxoriy bo‘loldilar Ismoil rohimahulloh. Alloh bizlarni ham ulardek olimlarga munosib qilsin. Biz ummat ayollariga o‘rnak edi ularning hayot yo‘llari. Ular shunday “Qurbonliklar” qilishgani uchun ham ummatning ustunlari bo‘lgan Anaslar, Abdullohlar, Buxoriylar yetishib chiqqan. Alloh ularning barchasidan rozi bo‘lsin. 



Ummat ayollarin faxri bo‘ldingiz,
Madina siz bilan Anaslik bo‘ldi.
Ajib edingiz-u Molik bilmadi,
Abu Tolha sevgan jannatiy ayol.

Jannatda izlarin Rasulim ko‘rgan,
Anasni sovg‘aga ilingan ham siz.
Habibim hizmatin sharaf deb bilgan,
Izlariga mushtoq jannatiy ayol.

Abu Tolhani ham lol qoldirgan siz,
Unga iymonini ilingan qalbiz.
Sabrda mumtozlikni olgan o‘zingiz,
Allohga bog‘langan jannatiy ayol.

Alloh bizlarni ham mumtoz sanasin,
Buxoriy onasidek hizmatni bersin.
Rasulimga Anasni bergan qalbingiz,
Sabrda o‘rnaksiz jannatiy ayol.

 

Manbalar asosida Toshkent islom instituti talabasi Yunusxo‘ja Orifaxon tayyorladi

 

 

www.muslim.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217292
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24623
  • 19082
  • 12847
  • 15826