Kahf surasidagi fiziologik ilmiy kashfiyot
20.10.2016 8000

     Ma’lum bo‘lishicha, uyquda uzoq vaqt qimirlamay yotish inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin ekan. Tananing ma’lum bir qismi bir necha soat davomida gavdaning og‘irligi ostida ezilishi qon tomirlarini siqib, hatto yopib qo‘yishi mumkin. Buning natijasida organizmga qon orqali yetkazib beriladigan kislorod va boshqa kerakli ozuqa moddalar epidermisgacha yetib bormaydi. Natijada teri asta-sekin quriy boshlaydi. Organizmda yara shakllana boshlaydi. Ular ezilishdan hosil bo‘lgan yaralar deb ataladi.
     Xalq orasida ular “yotoq yaralar” deb ataladi. Teri ostida yoki yumshoq to‘qimalarda yuzaga keladigan bu yaralar davolanmasa yoki ularga infeksiya tushsa, jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, yotoq yaralar inson uchun katta xavf tug‘diradi. Ularning oldini olish uchun, ya’ni tananing u yoki bu qismini ezilishdan saqlash uchun gavdaning holatini tez-tez almashtirib turish kerak. Buning uchun bemorlarni parvarishlashning maxsus usullari ishlab chiqilgan. Masalan, falajlangan kasallarning gavda holati har ikki soatda almashtirib turiladi. Uyqu paytida gavdaning harakatlanib turishi inson uchun qanchalik muhim ekanligi yigirmanchi asrdagi tibbiy kuzatuvlar natijasida ilmiy jihatdan asoslab berildi. Vaholanki, bu hodisaning ahamiyatini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni Qur’on oyatlaridan ham topishimiz mumkin.
     "Uyquda ekanlar, (ko‘zlari ochiq bo‘lgani uchun) sen ularni uyg‘oq deb o‘ylarsan. Biz ularni (badanlaridan yerga tegib turgan tomoni chirib ketmasligi uchun) o‘ng tomon, so‘l tomonga aylantirib tururmiz". Kahf surasi, 18-oyat. Bu oyati karima ashobi kahf haqida, ularning uzoq yillar davomida chuqur uyquga ketganliklari haqida hikoya qiladi. Oyatda Parvardigori olam uxlab yotgan yigitlarni o‘ng va so‘l tomonlarga aylantirib turganligi ochiq-oydin aytilgan. Tibbiyot fani bugungi kunga kelib aniqlagan mana shu muhim fiziologik ilmiy kashfiyotning muqaddas kitobimizda bayon qilinganligi Kalomullohning buyuk mo‘’jiza ekanligidan, uning haq ekanligidan dalolat beradi.

 

 

Manba: www.quran.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217462
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24634
  • 19094
  • 12852
  • 15833