Mayyitga uch narsa ergashadi...
21.10.2016 9580

    Hofiz ibn Rajab rohmatullohi alayh payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning “Mayyitga uch narsa ergashadi... ” mazmunidagi kelgan hadisi shariflariga sharh bitib, kuydagi rivoyatni keltirganlar.
    Bir kuni Oisha roziyallohu anho huzurlariga qo‘li shol bir qiz kirib keldi. Va Ey, mo‘minlarning onasi bugun sog‘lom qo‘l bilan uxlab, shol qo‘l bilan uyg‘ondim-dedi. Oisha roziyallohu anho: Nima sababdan? Qiz: Meni boy badavlat ota-onam bor edi. Otam qo‘li ochiq, zakot va sadaqani kanda qilmaydigan, sahiy, mehmonlarni yaxshi kutadigan, so‘rovchini quruq qo‘l bilan qaytarmaydigan qo‘yingki, qo‘lidan kelgancha yaxshilik ulashuvchi karamli inson bo‘lganlar. Onam esa, buni aksi, baxil, qurumsoq, molida biror sadaqa qilganlarini ko‘rgan emasman.
    Otam vafot etdilar. Ikki oy o‘tmay onam ham olamdan o‘tdilar.
   Bu kecha tush ko‘rdim. Tushimda otam juda chiroyli ko‘rkam kiyingan, oldilaridan anhor oqib turibdi.

 

Men: Ey otajonim, bu qanday xol- deb so‘radim.

 

Otam: Ey, qizalog‘im, kim dunyoda zarra misqol yaxshilik qilsa ham ko‘rar ekan. Bu Robbimning menga qilgan fazlidir- dedilar.


Men: Onamning axvoli qanday?-deb so‘radim.

Otam: Onang vafot etdimi?-dedi.

Men: Ha, dedim.

Otam: Ey, voh! Onang bizdan uzoqlashib ketibdi. Onagni chap tomon ahllaridan izla!-dedi.

 

Qiz: Chap tarafimga nazar solsam. Onamni yalong‘och, bir parcha matoga o‘rangan xolatda ko‘rdim. Qo‘lida esa, yog‘ “Xolimga voy bo‘lsin! Juda chanqadim!” – deb nido qilar edi. Agar juda qattiq chanqasalar o‘sha yog‘ni qo‘lga surtib, so‘ngra yalardilar. Qarasam oldida anhor oqib turibdi.

 

Men: “Ey onajon nega chanqadim deb nido qilyapsiz. Axir oldingizda oqib turgan anhor borku” – dedim.

 

Onam: “Undan ichishimga izn berilmayapdi” – dedi.

 

Men: “Sizga suv berayinmi?” – dedim.

 

Onam: “Yaxshi bo‘lardi” – dedi.

 

     Men bir xovuch suv olib onamga berdim. Onam ichib bo‘lgach, chap tarafdan bir nido qilguvchi: “Ogoh bo‘ling kim bu ayolga suv bersa, o‘ng qo‘li shol bo‘lib qoladi” – deb, ikki marta nido qildi. Uyg‘onsam o‘ng qo‘lim shol bo‘lib qolibdi. Shundan beri o‘ng qo‘limni ishlata olmayapman. Shunda Oisha roziyallohu anho onamiz: O‘sha matoni esladingmi? Dedilar. U: Ha, mo‘minlarning onasi, uni onamning ustida ko‘rgan edim. Onamni hech qachon biror narsani sadaqa qilganini ko‘rmaganman. Ammo otam bir kun hokkiz so‘ydi. Shunda bir kishi tilamchilik qilib keldi. Onam yog‘li suyakni olib unga berdi. Yana bir kun oldilariga bir ayol kelganida. Onam boyagi matoni olib unga berib yuborgandi. Shunda Oisha roziyallohu anho takbir aytib: “Alloh rost aytdi va Rasuli sollallohu alayhi vasallam bizga yetkazdi” – deb, ushbu oyatni o‘qidilar.

 

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ

"Bas, kimki (dunyoda) zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo‘lsa, (qiyomat kuni) uni ko‘rar." (Zalzala surasi, 7-oyat).

 

Jaloliddin Hamroqulov,
TII “Tahfizul Qur’on” kafedrasi mudiri

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218692
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98125
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47149
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45573
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24740
  • 19196
  • 12927
  • 15933