“Menda undan yaxshiroq fikr bor”
24.6.2016 6201

   Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhuning Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhuga tegishli ekinzoriga yonma-yon qo‘shni bo‘lgan yeri bor edi. Ikkalasida ham yerni chopib, qarab turadigan qullar, ishchilar ishlardi. 
   Bir kuni Muoviya roziyallohu anhuning qullari Abdulloh roziyallohu anhuning ekinzoriga kirib, u joydan bir parcha yerni tortib oldi. Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhu Muoviya roziyallohu anhuga quyidagicha maktub yozdi: “Ammo ba’d. Ey Muoviya, seni qullaring mening yerimni tortib oldi. Ularga bu ishdan tiyilishlarini va mening yerimdan chiqishlarini amr et! Aks holda sen bilan mening oramizda nizo paydo bo‘ladi”. 
    Muoviya roziyallohu anhu odamlarning eng halimlilaridan edi. U kishi Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhuning maktubini o‘qib ko‘rgach, uni o‘g‘li Yazidga tutqazdi. Yazid ham maktubni olib, o‘qigach, otasi undan: “Nima deysan, ey Yazid?” deb so‘radi. Yazid: “Siz unga (Abdullohga) boshi uning oldida, oxiri bizning oldimizda bo‘lgan bir qo‘shin yuborishingiz, u qo‘shin sizga uning boshini keltirishi va siz undan qutilishingiz kerak deb o‘ylayman” dedi. Muoviya o‘g‘liga: “Menda undan yaxshiroq fikr bor” dedi. O‘g‘li: “Qanday fikr, otajon?” deb so‘radi. Shunda Muoviya: “Menga qalam va qog‘oz keltiringlar” dedi. 
    Keyin Abdulloh roziyallohu anhuga quyidagicha maktub yozdi: “Birodarimning o‘g‘li yozgan maktub bilan tanishib chiqdim. Allohga qasamki, uni xafa qilgan narsa meni ham xafa qildi. Allohga qasamki, agar dunyoning hammasi sen bilan mening oramizda bo‘lganda edi, uni senga topshirgan bo‘lardim. Agar ekinzorim Madinadan Damashqqacha bo‘lganda edi, uni ham senga bergan bo‘lardim. Bas, ushbu maktubim senga yetib borganda, ekinzorimni o‘z ekinzoringga qo‘shib ol, ishchilarimni ham o‘z ishchilaringga qo‘shib ol. Albatta, Allohning jannatining kengligi osmonlar va yerchadir. Vassalom”. 
    Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhu uning (Muoviyaning) maktubi bilan tanishgach, yig‘ladi, hatto ko‘z yoshlari maktubni xo‘l qilib yubordi. Keyin unga quyidagicha javob yozdi: “Mo‘minlar amirining maktubi bilan tanishdim. Quraysh orasida sizni mana shunday martabaga ko‘targan halimligingizni Alloh sizdan yo‘q qilmasin (uzoq, bardavom qilsin). Vassalom”. 
    Muoviya ushbu maktub bilan tanishib chiqqach, uni o‘g‘li Yazidga berdi. Yazid maktubni o‘qiganda, hursandlikdan yuzlari yorishdi. Shunda otasi unga: “Ey o‘g‘ilcham, kim afv qilsa, bosh bo‘ladi, kim halim bo‘lsa, ulug‘ bo‘ladi, kim xatolarni kechib yuborsa, o‘ziga qalblarni moyil qiladi. Agar sen ozgina shunaqa kasallikka (qo‘pollikka) mubtalo bo‘lsang, uni shunday dori (muloyimlik, halimlik) bilan davolagin. Zero, biz halimlikda faqat yaxshilik, xayriyat ko‘rgan qavmdirmiz” dedi”. 
   Boshqa bir rivoyatda bunday kelgan: “Ibn Zubayr roziyallohu anhu risolani o‘qigach, yig‘ladi, hatto maktub ham xo‘l bo‘ldi. Keyin Damashqqa, Muoviya roziyallohu anhuning oldiga safar qildi. Borib, uning boshidan o‘pdi va “Quraysh ichida sizni mana shunday martabaga ko‘targan halimligingizni Alloh ketkazmasin (uzoq, bardavom qilsin)” dedi”. 


Honiy Hojining “Solihlar va solihalar, zohidlar va zohidalar hayotidan ming bir qissa” kitobi asosida Nozimjon Hoshimjon tarjimasi 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217123
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24608
  • 19067
  • 12839
  • 15810