Mo‘’minun surasidagi embriologiya fanining noyob kashfiyotlari
24.10.2016 8975

     "Qur’oni Karimda zikr etilgan yana bir ilmiy ajoyibot - bu homilaning ona qornida rivojlanish bosqichlarining batafsil bayon etilganligidir. So‘ngra bu nutfadan laxta qonni yaratib, laxta qondan bir tishlam go‘shtni yaratib, bir tishlam go‘shtdan suyaklarni yaratib, bu suyaklarga go‘shtni "kiydirdik", so‘ngra (unga jon kirgizib, avval boshdagi bir tomchi suv - nutfadan butunlay) boshqa bir jonzot holida paydo qildik. Bas, eng Go‘zal Yaratguvchi (ya’ni, yo‘qdan Bor qilguvchi bo‘lmish) Alloh Barakotli - Buyukdir." 

Mo‘’minun surasi, 14-oyat

     Oyati karimada ona qornida homilaning avval suyaklari shakllana boshlashi, so‘ngra ularning ustini go‘sht qoplab, mushaklarga aylanishi haqida xabar berilmoqda. Homilaning ona qornidagi rivojlanishini o‘rganuvchi fan embriologiya deb ataladi. Yaqin paytlargacha embriologiya fani homilaning suyaklari va go‘shtlari, ya’ni muskul to‘qimalari bir paytda hosil bo‘lib, birgalikda rivojlanadi, deb hisoblab va hatto bir qator olimlar muqaddas Qur’onning yuqorida keltirilgan oyatlarini ilm-fanga to‘g‘ri kelmaydi, deb inkor qilib, tanqid ostiga olar edilar. Ammo bir necha yil avval mikroembriologik tadqiqotlar davomida, eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar va o‘ta sezgir asboblar yordamida mazkur oyatlardagi ma’lumotlarning inkor qilib bo‘lmaydigan fiziologik dalil ekanligi aniqlandi.
     Bu jarayon embriologiya bo‘yicha “Insonning rivojlanishi” deb nomlangan asarlardan birida shunday tavsiflangan:
   

“Oltinchi haftada tog‘aysimon to‘qimalarning shakllanishi davom etadi, ayni paytda qattiqlashishning dastlabki belgilari namoyon bo‘la boshlaydi, ya’ni dastlabki suyak pardalar paydo bo‘ladi. Yettinchi haftaning oxirida uzun suyaklar batamom qotadi. Mushak hujayralari suyakni o‘rab turgan to‘qimadan ajralib, mushak to‘qimasini hosil qiladi."

     Shunday qilib, mushak to‘qimasi suyaklarning oldi va orqasida joylashgan muskullar guruhiga bo‘linadi. Shunday qilib, inson homilasining ona qornida rivojlanishidagi bosqichlar Qur’oni Karimda zikr qilingan bo‘lib, embriologiyaning so‘nggi kashfiyotlariga to‘liq mos keladi.
      Dunyodagi eng mashhur embriologlardan biri, Kanadadagi Toronto universitetining anatomiya va hujayra biologiyasi professori Keyt Mur Qur’oni Karimdagi mana shu ilmiy mo‘’jizani ilk bor aniqlagan olimlardan biridir. Qur’oni Karimning homilaning ona qornidagi rivojlanish bosqichlari va uning dunyoga kelishi haqidagi oyatlarini diqqat bilan o‘rganib chiqqan professor Mur shunday xulosaga keladi:
   

“So‘nggi uch yil davomida men Jiddadagi qirol Abdul’aziz Universitetining embriologiya qo‘mitasida ishladim va insonning ona qornida paydo bo‘lishi hamda uning ona qornida rivojlanishiga doir Qur’oni Karimda kelgan kashfiyotlar haqidagi izohlar ustida ishlashga yordam berdim. Dastlab men bu bilimlarning 7 asrdayoq Qur’oni Karimda ochiq-oydin yozib qo‘yilganligidan hayratga tushdim, chunki u paytda hali embriologiya fanining o‘zi bo‘lmagan edi... Mening ishonchim komilki, bu bilimlar Muhammad Rasulullohga Alloh Taolo tomonidan nozil qilingan, zero bu bilimlarning ko‘pchilik qismi insonlar tomonidan bu oyatlar tushganidan keyin oradan bir necha asr o‘tgachgina kashf qilindi. Mana shu holat menga Muhammad Rasululloh Alloh Taoloning haq payg‘ambari ekanliklarini isbotladi."

 

 

Manba: www.quran.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217453
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24633
  • 19094
  • 12852
  • 15833