Qur’oni karim ustida tortishmoqlik joiz emas!
7.10.2016 7007

     Islom aqidasi ko‘rsatmasi bilan Qur’oni karim haqida tortishilmaydi. Guvohlik beramizki, albatta Qur’oni karim olamlar robbisining so‘zidir. Uni ruhil amin orqali nozil qildi. Uni payg‘ambarlarning sayyidi Muhammad sallallohu alayhi vasallamga bildirdi. U Alloh taoloning so‘zidir. Maxluqlar so‘zlaridan biror so‘z unga barobar kelmaydi. Va uni yaratilgan deb aytmaymiz. Va musulmonlar jamoati Qur’oni karim haqida talashib- tortishmaymiz. Nohaqlikka moyil bo‘lgan ahllar Qur’oni karim haqida tortishganidek tortishmaymiz. Ular botillik bilan haqni ketkizmoqlik uchun, o‘chirmoqliklari uchun talashib tortishdilar. Balki biz aytamizki, albatta Qur’oni karim Allohning kalomidir. Yana biz payg‘ambarimizdan mutovotir bo‘lib kelayotgan qiroatlarda ham talashib - tortishmaymiz. Balki Qur’oni karimni qanday nozil qilingan bo‘lsa, ana shu holatida qiroat qilamiz. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, u kishi: “Bir kishi bir oyatni qiroat qilganini eshitdim, lekin o‘sha oyatni Rasululloh sallallohu alayhi vasallam teskarisini o‘qiganliklarini ko‘rdim. Ana shu ikki vajhni oldim va Rasulullohning oldilariga bordim, u kishi uchun mana shu holatni zikr qilganimda ul Zot aytdilar: “Bu ikki holat ham to‘g‘ri. Sizlardan oldingi ummatlar Allohning oyatlari haqida talashib-tortishib halok bo‘ldilar””. (Imom Muslim rivoyati).
     Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ixtiloflardan qaytardilar, bu shunday ixtilofdirki, unda har bir ixtilof qiluvchi kishi o‘z sohibidagi haqiqatni inkor qiladi. Chunki ikki qorining har birining o‘qigan narsasi to‘g‘ri edi. Shuning uchun Huzayfa roziyallohu anhu Usmon roziyallohu anhuga aytdilar: “Bu ummatni mahkam ushlangki, ular xuddi o‘zlaridan oldingi ummatlar ixtilof qilganiga va talashib- tortishganligiga o‘xshab har tarafga tarqab ketmasinlar”.
     “Qur’on” kalimasi haqida ixtiloflar bo‘lgan, nihoyat “Qur’on” aslida jam ma’nosidadir, shu bilan birga to‘planib o‘qiladigan kitobi ilohiy ham deyiladi. Butun ahli kalom ittifoqan dedilarki, Janobi Haq Kalom sifati bilan sifatlanishi, Alloh taoloning kalomi, deb nomlanadi. Ahmad ibn Hanbal Abu Hurayra roziyallohu anhudan naql etgan bir hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qilganlar: “Qur’oni karim to‘g‘risida talashib-tortishmoq, shubha, janjal, nizo va dushmanlik qilmoq kufrdir”. Quroni karim Alloh taoloning kalomi, unga biror narsa teng kelmaydi. Uning huzuridan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga vahiy orqali so‘zma-so‘z nozil qilingan. Buni barcha mo‘minlar haq deb ishonmoqlari shartdir. Allohning kalomi inson kalomidek emas. Kimiki, uni eshitganda inson so‘zi deb e’tiqod qilsa, dindan chiqib kofir bo‘ladi. Bu haqda Allohning ”Quroni karimda xabar berib: “Unday shaxsni Saqar do‘zaxiga solurman”- degan. Demak, “Quron – bu insonning so‘zi emas, balki insonni ham yaratgan Xoliqning kalomi ekan.
     Bu haqda buyuk imomimiz Abu Hanifa rohmatullohi alayh o‘zlarining “al-Fiqhul akbar” kitobida shunday deydilar: “Quroni karim Alloh taoloning kalomidir. Sahifalarda yozilingandir va qalblarda yodlangandir va tillarda o‘qilingandir va payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga vahiy orqali nozil qilingandir. Quron insonlar so‘ziga o‘xshash maxluq emas. Kimiki Quronni karimni eshitsa va insonlarning so‘zi deb qasd qilsa haqiqatda ana shunday kishi dindan chiqadi. Quron bilan bizni gapirishligimiz va Quronni karimni kitobat qilishligimiz va Quronni qiroat qilishligimiz maxluqdir, lekin Quroni karimni o‘zi maxluq emasdir”.
     “Quron ilmi uch qismdir: halolni bildiradiki, unga tobe’ bo‘l ; haromni bildiradiki, undan ijtinob et (saqlan); bir-biriga o‘xshash oyatlarni, uni o‘z olimiga havola qil”!
Alloh taolo barchamizni Qur’on hidoyatida bo‘lishimizni va O‘zining bubk kalomi shafoatidan nasib etsin!

 

Jaloliddin hoji domla Hamroqulov

 

Manba: www.quran.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217446
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24633
  • 19094
  • 12852
  • 15833