Sabrning ikkinchi turi
27.9.2016 6176

    Sabrning bu turi ko‘proq yoshlarga kerak bo‘ladi. Aziz yoshlar, gaplarimga diqqat bilan quloq solishingizni istardim. Men sizlarga ma’siyatlarga qanday sabr qilish kerakligiga bir misol keltiraman. Bugungi kunda yoshlar orasida tarqagan eng xatarli musibatlardan biri erkak va ayolning o‘zaro munosabatidir. Bu kabi munosabat Yusuf (a.s.) bilan Misr hokimining xotini Zulayho o‘rtasida ham bo‘lib o‘tgan. Yusuf (a.s.) navqiron, sog‘lom va juda chiroyli yigit bo‘lgan. Shu bilan birga qul edi. Ma’lumki, qullarda mas’uliyat kam bo‘ladi, ular hur odamlarga qaraganda jur’atliroq bo‘lishadi. Yana Yusuf (a.s.) begona yurtdan kelgan g‘arib kishi bo‘lgan, u zotni hech kim tanimagan, xohlagan ishni qilishga imkoniyati bo‘lgan.
    E’tiboringizni yana bir jihatga qaratmoqchiman. Zulayho! U ham go‘zal, mansabdor ayol bo‘lgan. Uning o‘zi Yusuf (a.s.)ni gunohga targ‘ib qilgan, eshiklarni qulflagan, ularni hech kim ko‘rmas edi, hatto zino qilmasa, zinodonga tashlashini aytib tahdid ham qilgan.
    Aziz yoshlar! Sizlarda ham shunday sharoit bo‘lganmi?! Bu sinovdan ham qiyinroq imtihon bormi?! Yusuf (a.s.)da ma’siyat qilish uchun imkoniyatlar bundan ham ko‘p edi, ya’ni saroydagi barcha ayollar Yusuf (a.s.)ni tinmay ma’siyatga chorlashardi.
    Qalbingizdan “Amallar niyatga qarab belgilanadi”, degan fikrlar o‘tayotishidan qo‘rqaman. Axir, Yusuf (a.s.)ning tushi emas! U zotning Zulayhoga bergan javobini eshiting: “Alloh saqlasin. Axir u (ya’ni, ering) menga yaxshi joylar bergan hojam-ku! Albatta, zolim kimsalar (ya’ni, zinokorlar) aslo najot topmaslar” (Yusuf, 23). Siz ham shunday bo‘la olasizmi? Unda hozirdan boshlang! Begona ayollar bilan gaplashish, uchrashish, ularga tabassum qilish...lardan o‘zingizni tiying! Allohga qasamki, Yusuf (a.s.) yoshlar uchun hech qanday uzr qoldirmaganlar! Ba’zi yoshlar e’tiroz bildirishi mumkin: “Yusuf (a.s.) universitetni ko‘rmaganlar-da!” Men sizga aytmanki: “Siz Yusuf (a.s.) yashagan saroyni ko‘rmagansiz-da!” Sezib turibman, yana e’tiroz bildiryapsiz: “Axir, u zamonlarda televideniya, kino va seriallar bo‘lmagan-da!” Men sizga yana aytamanki: “Siz eshiklarni qulflab, zino uchun barcha sharoitlarni hozirlab, yosh yigitni zinoga majburlagan va zindon bilan tahdid qilgan ayolni ko‘rmagansiz-da!” Sezyapman, hozir sizning har qanday bahonangiz Yusuf (a.s.) holati oldiga hech narsaga arzimasligini his qilyapsiz!
     Quyidagi oyatga ham yaxshilab e’tibor bering: "(Zulayxo) dedi: "Meni u to‘g‘rida malomat qilganlaring shu (yigit) edi. Haqiqatan, undan nafsi (jinsiy yaqinligi)ni talab qilganimda, u saqlandi. Qasamki, agar (u) mening buyrug‘imni bajarmas ekan, albatta, zindonband qilinib, haqirlardan bo‘lib qolur" (Yusuf, 32). Oyatdagi “u saqlandi” iborasini ko‘z oldingizda gavdalantiring! Bu so‘z sizga qanchalik ta’sir qilganiga e’tibor bering. Biror marta bo‘lsa ham, nafsingizga shu so‘zni aytganmisiz?! Bu so‘zni hozirdan o‘zingizga shior qilib oling! Nafsingizni zaif va qalbingizni kuchsizligini sezsangiz, boshingizni baland ko‘taring va mazkur shiorni baralla ayting!
     Aziz yoshlar! Turmush qurgunga qadar o‘zingizni tiying, sabr qiling! Zero, Yusuf (a.s.) sizlarga hech qanday uzr va bahonaga imkoniyat qoldirmaganlar! Xayolingizga “Bizning zamon qiyin-da”, degan fikr kelganida nafsingizga “Yusuf (a.s.)ning sharoitlari oson va oddiy bo‘lganmi?”, degan savolni bering! Ey qizlar bilan suhbatlashishni tark qila olmayotgan yigit! Ey qizlar bilan telefonda gaplashishdan o‘zini tiya olmayotgan yoshlar! Yusuf (a.s.)dan o‘rnak oling! Kim hozirdan ma’siyatlardan sabr qilish va Allohdan ko‘mak so‘rashni niyat qilgan bo‘lsa, unday kimsani Jannat bilan tabriklayman! “Odamlarga ayollar, farzandlar, uyum-uyum oltin-kumushlar, saman otlar, chorva mollari va ekinlarga nisbatan mehr qo‘yish ziynatli qilib qo‘yildi. Bular (aslida) dunyo hayotining (o‘tkinchi) matohidir. Allohning huzurida esa (bundanda) chiroyli joy (jannat) bordir. Ayting (ey, Muhammad!): "Sizlarga bulardan ham yaxshiroq narsa haqida xabar beraymi? Taqvodor kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy yashaladigan bog‘lar (jannat bog‘lari), pok xotinlar va Alloh tarafidan rizolik (mo‘minlar uchun ulug‘ ne’mat -rizvon) bor. Alloh bandalarni ko‘rib (kuzatib) turuvchidir" (Oli Imron, 14-15).
     Yuqorida Yusuf (a.s.)ning qissasi ma’siyatlarga sabr qilishda eng yaxshi misol ekanini bilib oldik. Endi, tamaki chekuvchi birodarimga tavsiyalarim bor. Ey tamakini tashlashga qiynalayotgan do‘stim! Sizga bo‘lgan bir voqeani aytib beraman. 40 yil tamaki chekkan bir odam nihoyat undan voz kechib, Allohning marhamatiga erishishga qaror qildi va Allohdan yordam so‘rab, chin ixlos bilan ibodatlarni bajara boshladi. Nihoyat tamakini tashlashga muyassar bo‘ldi. Subhanalloh!! Ma’siyatlarga sabr qilish sizni mo‘’jiza yaratishgacha olib boradi! Ko‘pchilik tamakidan umuman qutulib bo‘lmaydi, deb o‘ylashadi. Lekin voqelik ko‘rsatib turibdiki, 40 yil tamaki chekkan odam sabr qilish natijasida tamakidan qutildi. Ma’siyatdan saqlanishda sizga yordam beradigan omillardan yana biri yomon odamlardan uzoqlashish va ular bilan do‘stlashmaslikdir.
    Aksariyat ayollarning ma’siyati aynan shu narsadan boshlanadi! Ko‘pchilik ayollarning gunohga yo‘l qo‘yishlari boshqalarning hayotiga bo‘lgan qiziqishdan boshlandi. Ayollar falonchi aktrisa yoki qo‘shiqchiga o‘xshashga intiladi, boshqalarning ma’siyatli hayotiga qaramaslikka sabr qila olmaydilar. Hatto eridan pul undirmaguncha xarxasha qiladilar. “Siz (kofirlardan ayrim) toifalarni sinashimiz uchun bahramand qilgan dunyo hayoti go‘zalliklaridan iborat narsalarga ko‘zlaringizni termultirmang! Rabbingizning rizqi yaxshiroq va boqiyroqdir" (Toha, 131). Lekin Alloh bergan ne’matlarga qanoat qiladigan mo‘mina ayollar ham kam emas! Siz ham shulardansiz, deb o‘ylayman.
     Ma’siyatlarga sabr qilishda Yusuf (a.s.)ning qissasi sizga kifoya qiladi, degan umiddaman. O‘ylaymanki, qissa har bir yigit va qizning qalbiga kirib bordi! Yusuf (a.s.)ning qissasini ko‘z oldingizga keltiring! “Yusuf” surasini o‘qing, ayniqsa, quyidagi oyatga diqqat qiling: “(Yusuf) dedi: "Ey, Rabbim! Menga taklif etishayotgan narsadan ko‘ra zindon ma’qulroqdir. Agar ularning makrlarini mendan darig‘ tutmasang, ularga moyil bo‘lib, johillardan bo‘lib qolurman" (Yusuf, 33). Aytingchi, bu oyatni o‘qiganingizda, o‘zingizni qanday his qildingiz? Ma’siyat qilishni xohlayapsizmi yoki bu so‘zni hatto eshitishga toqatingiz yo‘qligini his qilyapsizmi? Darhaqiqat, Yusuf (a.s.) qissasi sizga kuch bag‘ishlaydi, nafs shaytonning zindonidan ozod bo‘ladi. Shuning uchun ham “Yusuf” surasini o‘qigan har qanday mahzun, aziyat chekkan yoki shahvatiga qul bo‘lgan odam o‘qisa, bu kabi illatlardan xalos bo‘ladi. Keling, siz ham “Yusuf” surasini shunday niyatda o‘qing va sabrlilardan bo‘ling!

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Jannat kaliti” kitobidan

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218654
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98121
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47146
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45570
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24739
  • 19196
  • 12927
  • 15932