Islomda “Ruqiya” ismi bormi? 05.01.2017
Savol:Assalomu alaykum. “Ruqiya” ismi Islomda bormi?
Bo`lim Ijtimoiy masalalar11176
Va alaykum assalom. Ha, shunday ism bor. Faqat “Ruqiya” emas, “Ruqayya” deyilsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Ruqayya ismining tilimizga Ruqiya o‘laroq kirib qolganligiga sabab fikrimizcha, harakatsiz so‘zlarni o‘qishda yo‘l qo‘yilgan e’tiborsizlik va tegishli ism yoxud kalimaning tagiga yetmaslik holati bo‘lsa kerak.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam qizlari, Usmon ibn Affon roziyallohu anhu zavjasi ismi Ruqayya (Ummu Abdulloh) bo‘lgan. U taxminan melodiy 604-625-yillarda yashagan, Badr g‘azotidan so‘ng xastaligi tufayli vafot etgan.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz: “Ruqayya” ismi “saxiy”, “muloyim” ma’nosini anglatadi. Shuningdek, arab tilida (ar-)ruqya degan so‘z bor. Lekin, u inson ismi emas, balki, dam solish ma’nosini anglatadi.