Ассалому алейкум
Mavzu:

Erkak ko‘chaga yasanib chiqishi mumkinmi? 27.10.2017

Savol:

Assalomu alaykum, Ustoz. Sizga savolim bor edi: erkaklar ko‘chaga yasanib chiqishi mumkinmi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
8961
Javob:

Va alaykum assalom. Erkak kishi me’yorni bilgan holda chiroyli kiyimlarni kiyishi, umuman doim yuzdagi xoldek bo‘lib yurishi joiz, balki mustahabdir. Sababi dinimiz poklikka, go‘zallikka chaqiradi. Sahih hadislarning birida “Albatta Alloh go‘zaldir. Go‘zallikni yaxshi ko‘radi”, deyilgan. Ammo erkak kishi bunda, avvalo, muboh qilingan narsalardan foydalanishi, isrofdan tiyilishi, tillo va erkaklarga yot bo‘lgan yaltiroq va nozik liboslarni kiyishdan, kiygan kiyimi bilan kibr qilishdan saqlanishi kerak.

Keyin chiroyli libos kiyib, faqat zohirga e’tibor qaratish, qalb holatiga beparvo bo‘lish to‘g‘ri emas. Balki chiroyli libos kiyish bilan birga ruhiy-ma’naviy poklikka ham e’tibor qaratiladi.

Erkak chiroyli kiyim kiyganda nomahram ayollar e’tiborini tortishni maqsad qilmaydi. Aks holda gunohga botadi.

Demak, musulmon erkak shariat belgilab bergan chegaradan chiqmagan holda toza va chiroyli liboslarni kiyib yurishi, odamlarga ochiq chehra va xushmuomala bilan munosabatda bo‘lishi yaxshidir. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218694
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98125
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47149
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45573
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Erkak ko‘chaga yasanib chiqishi mumkinmi? 27.10.2017

Assalomu alaykum, Ustoz. Sizga savolim bor edi: erkaklar kochaga yasanib chiqishi mumkinmi?

8961